O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi


 Kompyuter xonalarini yoritishga qo’yilgan asosiy talablar



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix17.06.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#117611
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
 
3. Kompyuter xonalarini yoritishga qo’yilgan asosiy talablar 
 
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xafsizligi standartlari 
tizimi ―Ish zonasi mikroiqlimi‖ (GOST 12.1∙ 005-76) ga asosan belgilanadi. 
Ular gigiyenik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan [32].
Sanoat korxonalaridagi xonalar, yil fasllari va ish toifasiga qarab, 
ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat 
etilgan normalari belgilangan.
Ishlab chiqarish xonalari, kompyuter xonalari,
ish joylardagi havoning harorati, nisbiy namligi va
xarakat tezligining risoladagi normalari 


65 
Yil 
fasli 
Ish toifalari 
Havoning
harorati,

Nisbiy 
namlik 

Xarakat 
tezligi 
m/s 
sovuq 
Yengil – I 
20-23 
60-30 
0,2 
O‘rtacha og‘irlikdagi – I
18-20 
60-40 
0,2 
Og‘ir – III 
16-18 
60-40 
0,3 
iliq 
Yengil – I 
20-25 
60-40 
0,2 
O‘rtacha og‘irlikdagi – I
21-23 
60-40 
0,3 
Og‘ir – II 
18-21 
60-40 
0,5 
issiq 
Yengil – I 
20-30 
60-30 
0,3 
o‘rtacha og‘irlikdagi – I
20-30 
60-30 
0,4-0,5 
Og‘ir – III 
20-30 
60-30 
0,5-1,0 


66 
Sanoat korxonalari va kompyuter xonalarida yoritish.
Yorug‘lik inson xayoti 
faoliyati davomida juda muxim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham sanoat 
korxonalarini, kompyuter bor honalarni rasional yoritish sifatli maxsulot ishlab 
chiqarishni ta‘minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, 
ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi. Oqilona 
yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, buning 
natijasi baxtsiz xodisalar keskin kamayadi[32].
Bundan ko‘rinib turibdidiki, kompyuter xonalarini yoritish faqatgina gigiyenik 
talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi.
Kompyuter xonalarida yoritishning mukammalligi sifat va son 
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlari nur oqimi, yorug‘lik kuchi, 
yorqinlik, nur qaytarish koeffisiyentlari, yorug‘lik kiradi. 
1. Ish joylarini yoritish sanitariya – gigiyena normalari asosida ish 
toifalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish 
sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bundan ish olib borilayotgan obyektning 
kurinishi yaxshilanadi, natijada ish unumdorligi ortadi. Ba‘zi bir aniq ishlarni 
bajarganda yoritilishni 50 lk dan 1000 lk gacha oshirish bilan ish unumi 25 
foizga oshganligi ma‘lum. Ko‘z bilan ko‘rib ishlash unchalik shart bo‘lmagan 
ishlarni bajarganda ham yoritilishni 50 lk dan 300 lk ga oshirish ish unumini 5-7 
foizga oshirgan [32].
2. Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof muxitga 
yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. Chunki agar ish olib borilayotgan 
yuzada va atrof muxitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning 
jimirlashi va ma‘lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘zning tez 
charchashiga olib keladi. 
3. Yoritish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Yoritilishning 
ko‘payib – kamayishi, agar u o‘qtin-o‘qtin ro‘y beradigan bo‘lsa, ko‘zga zarar 
keltiradi, chunki ko‘z yorug‘lik o‘zgarishlariga ko‘nikishga to‘g‘ri keladi. Bu 
esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi. Yoritilishning o‘zgarmasligi muxim 
o‘zgarmas kuchlanishli manbalaridan foydalanish yo‘li bilan erishish mumkin. 


67 
4. Yorug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararlar manbai bo‘lmasligi 
kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush 
chiqarishni maksimal kamaytirish zarur. 
5. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy 
samarador bo‘lishi kerak. 
Yoritgichlar va ularni joylashtirish.
Yorug‘lik manbalari yoritish 
armaturasi joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. 
Yoritgichlar konstruksiyalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi: 
1) nur oqimining yo‘nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini 
ta‘minlash; 
2) lampaning nur tarqatayotgan yuzalarining yaraqlab ko‘zga ta‘sir 
ko‘rsatishidan muxofaza qilish; 
3) lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan himoya qilish
4) lampani portlash, o‘t olish xaflaridan muxofaza qilish. 
Shovqindan saqlanish. 
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat 
korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim muammolar qatoriga 
kiradi. Bu – asosan mashinasozlik sanoati, transport vositalarini ishlatishda, 
energetika sanoatida va sanoat korxonalarida juda jiddiy muammo bo‘lib turibdi. 
Shovqinning oqibatlari ma‘lum. Katta shovqin ta‘sirida insonning asab tizimlari 
charchab, eshitish faoliyati susayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat 
korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson 
salomatligini saqlashdek juda muhim ijtimoiy ahamiyatga moliqdir. 
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari qo‘yidagi usullarda olib boriladi: 
shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish; 
shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish; 
sanoat korxonalari va kompyuter honalarini oqilona rejalashtirish; 
sanoat korxonalari va kompyuter honalariga akustik ishlov berish; 
shovqinni tarqalish yulida kamaytirish. 
Elektr hafsizligini ta’minlash.
Sanoat korxonalarida o‘rnatilgan 
kompyuter, yordamchi mashina-mexanizmlar, shkaflar, boshqarish pultlari 


68 
hamda elektr asboblar va boshqa jihozlarning hammasi, agar ularni ishlatish 
uchun foydalanadigan elektr quvvati 42 V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lsa, 
albatta yerga ulangan bo‘lishi shart. Buning uchun har qanday kompyuter 
honalari yerga ulash vositalari qulay, oson va yengil bajariladigan bo‘lishi kerak. 
Bu vositalar yerga yetarli darajada puxta ulangan yoki nolga ulangan bo‘lishi 
shart. Bu vositalarda yerga ulash simlarini osongina mahkamlash mumkin 
bo‘lgan vintsimon qurilma yoki qiskich bo‘lishi kerak. 
Yong’inga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalar.
Sanoat korxonalari 
binolarini yong‘indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik 
qurilmalar GOST 12,4009-75 asosida aniqlanadi. Har qanday yong‘inni 
o‘chirishda yong‘inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni 
aniqlash muximdir. Bunda yonishning davom etishini to‘xtatuvchi sharoit 
yaratish katta rol o‘ynaydi. Yong‘inni o‘chirish paytida qattiq jismlar yonganda 
yong‘inning tezligi 4m/min, suyuqliklar yuzasi bo‘yicha esa 30 m/min 
bo‘lishishini hisobga olish kerak[32]. 
Yong‘in (o‘t) o‘chirish vositalari va usullari. O‘t o‘chirish usullari 
qo‘ydagicha bo‘lishi mumkin: 
yonayotgan zonani ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar 
yordamida sovitish; 
yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish; 
yonayotgan zonaga kirayotgan kislorod miqdorini kamaytirish; 
maxsus kimyoviy vositalarni qo‘llash. 
O‘t o‘chirish vositalari sifatida, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik 
ko‘piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar va 
aralashmalardan foydalaniladi. 
Suv bilan o‘chirish. Suv eng ko‘p tarqalgan arzon va shuning bilan birga 
deyarli hamma yerda mavjud bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, suv bilan har 
qanday masshtabdagi yong‘inlarni o‘chirish mumkin. 
Bug‘ bilan o‘chirish. Bug‘ bilan o‘chirishning asosiy mohiyati shuki, 
honalarga yuborilgan bug‘ kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o‘rnini 


69 
egallaydi. Bug‘ning o‘t o‘chirish samaradorligi uning ma‘lum bir xonaga 
yuborilgan miqdoriga bog‘lik bo‘ladi. 
Yong‘inga qarshi suv ta‘minoti. Odatda o‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan 
suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi. 
Buning uchun yetarli bo‘lgan bosimni shahar sharoitiga umumiy vodoprovod 
tarmoqlari orqali xosil qilinadi. 
Yoki bo‘lmasa ba‘zi bir yerlarda maxsus 
tayorlangan xovuz va idishlardan foydalanilanish mumkin.
Isitish va shamollatish tizimlari.
Sanoat korxonalari odatda markaziy 
isitish tizimi orqali isitiladi. Shuning uchun bunday tizimlarning yong‘in xafi 
bo‘lgan uchastkalarida isitish radiatorlarining murakkab turlaridan foydalanish 
tavsiya etilmaydi. Chunki changlar truba va radiator ustki qismlarida yig‘ilib 
qolishi, isitish natijasida qizib, yong‘in chiqarish xafini kuchaytiradi[32]. 
Xonalari markaziy usulda isitilgan sanoat korxonalarida, havo asosan 
koloriferlarda isitilib, undan keyin korxona xonalariga yuboriladi. Bunday 
xollarda isitilgan havoning harorati 66
0
S dan oshmasligi kerak. Ammo bunday 
isitish tizimida havo kanallar orqali xonalarga tarqatilgani sababli yong‘in 
bo‘lgan taqdirda bu kanallar orqali alanga tarqatilishi mumkin. Chunki alanga va 
tutun butun bino bo‘ylab tarqalib ketishi tufayli yong‘in xavfi kuchayadi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə