O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Majmua-2023 tarix








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
FAN,TA‘LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI



O‘zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan


O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
2023 yil




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI




Ro‘yxatga olindi:



“TASDIQLAYMAN”

__________________
«____» _______ 2023-y.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
________________J.X.Kambarov
«___»_____________2023-yil





O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI


FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA


Bakalavriatning barcha yo‘nalishi talabalari uchun

Mashg‟ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

Nazariy (ma‘ruza)

22

22

Seminar

26

26

Mustaqilta‘lim

72

72

Jami auditoriya soatlari

48

48

Umumiy o’quv soatlari

120

120



FARG’ONA – 2023

Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Farg’ona politexnika instituti o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil ____ ________ ___-sonli qarori bilan tavsiya etilgan.


Tuzuvchilar:

A.A.Mirzayev

-

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi katta o’qituvchisi

A.N.Mahmudova

-

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi o’qituvchisi

I.Raximov

-

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi o’qituvchisi

D.Qodirova

-

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi o’qituvchisi

.
Taqrizchilar:

A.Kamilov

-

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi

S.Yuldashev

-

FarDU “Jaxon tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori P(h)D

Kompyuterlashgan loyixalash tizimlari fakulteti dekani:


2023 yil _____ ______ _________________ M.Toxirov
Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi mudiri:


2023 yil _____ ____ _______________ A.Kamilov


O‘quv-uslubiy majmua Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi kafedrasining 2023-yil ___ ____dagi yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan ( ____ sonli bayonnoma).








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI KOMPYUTERLASHGAN LOYIXALASH TIZIMLARI FAKULTETI










T A S D I Q L A Y M A N”



RO‘YHATGA OLINDI:

________________________


«___» ______________2023 yil




Farg‘ona politexnika instituti
rektori ________________O‘.R.Salomov
«___» _____________2023 yil



O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


FAN DASTURI
BAKALAVRYATNING BARCHA TA’LIM YO‘NALISHLARI UCHUN























Farg‘ona 2023



Fan/modul kodi
UYTB104

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1/2

ECTS - Kreditlar
4







Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.



Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotla ri (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)




O‘zbekistonning eng yangi tarixi

48

72

120



Fanni o‘qitishning maqsadi – O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan hududlardan biri, o‘zbek xalqi boy tarixiy o‘tmish va bebaho ma’naviy merosga egaligi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun- mohiyatini ko‘rsatib berish va jamiyat hayotida, ijtimoiy turmush tarzida talabaning o‘rni, o‘zligini anglatish, shaxs, fuqaro maqomini tushunib yetishidan iborat.


Fanning o‘qitishning vazifalari – boy tarixiy o‘tmish, xususan, o‘zbek davlatchiligiga tarixiy ekskurs uyushtirish, qarama-qarshiliklarga boy ziddiyatli XX asr tarixi mazmun-mohiyatini ochib berish, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga to‘liq tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘urur va iftihorni shakllantirishdan iborat.

  1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

I.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” – O‘zbekiston tarixining uzviy va ajralmas qismidir. “Eng yangi tarix” tushunchasi va uning izohi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar
2-mavzu. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi. Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlat uyushmalari. O‘zbek davlatchiligi va uning tarixiy bosqichlari. Qadimgi Xorazm, qadimgi Baqtriya. Eramizning IX asriga qadar davlatchilik rivoji. IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar. Amir Temur – buyuk davlat arbobi va sarkarda. O‘rta Osiyoning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabab va oqibatlari. XVI-XIX asrlar birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi. Milliy ozodlik harakatlari. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati. Sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar. Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning
oqibatlari. Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati.
Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Jadid ma’rifatparvarlari.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə