O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


-mavzu-Ajdodlarimizning jaxon sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Majmua-2023 tarix

3-mavzu-Ajdodlarimizning jaxon sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi


Ushbu mavzuda IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi, jahonga mashhur buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi bu hududning ilm-ma’rifat, ilmiy kashfiyotlar beshigi sifatida O`zbek millati tarixida tutgan o`rni xaqida ma`lumot beriladi. O‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi va bu jarayonlar Birinchi va ikkinchi Renessans uchun muxim omil bo`lganligi, bu esa bugungi kunda Uchinchi Renessans uchun poydevor ekanligini alohida ta`kidlab o`tiladi.


4-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati. “Paxta ishi”, “o‘zbek ishi”. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. I.Karimov – O‘zbekistonning birinchi prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1989-1991 yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ularning mohiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.


5-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y- harakatlar. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə