O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Majmua-2023 tarix

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar:

  1. O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari (O‘zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida).

  2. Amir-Temur buyuk davlat arbobi.

  3. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

  4. O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun va mohiyati.

  5. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.

  6. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).

  7. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)

  8. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.

  9. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.

  10. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

  11. O‘zbekistonni halqaro reytinglardagi ko‘rsatgichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.

  12. Siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.

  13. Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.

  14. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari

  15. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

  1. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun- mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning ahamiyatini;

  • zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak.





  1. Yüklə 0,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə