O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Uchinchi Renessans taraqqiyot poydevori



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə33/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Majmua-2023 tarix

Uchinchi Renessans taraqqiyot poydevori.

Bugungi kunda barcha ommaviy axborot vositalarida, jumladan televedeniye, gazeta, jurnal va ijtimoiy tarmoqlar hamda odamlarimizni bir-birlari bilan suxbatlarida “Yangi O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” kabi iboralarga ko‘rayapmiiz, eshitayapmiz.
Jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekiston tajribasi” degan iboralar tilga olinmoqda. Bu mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik boy tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda azaldan ilm-ma’rifatga alohida e’tibor qaratilib kelganligini guvohi bo‘lamiz. O‘sha davrlarda jamiyatda ilm-fan, san’at va madaniyatning yuksalishi, buyuk siymolarning o‘z ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga qo‘shgan hissasi barchamizni birdek faxru-g‘ururimizga sabab bo‘lib kelmoqda. Barchamizga tarixdan yaxshi ma’lumki, diyorimizdagi birinchi Renessans davri - Somoniylar davriga to‘g‘ri kelib, ushbu davrda buyuk ajdodlarimizning yaratgan ilmiy-falsafiy asarlari va olamshumul kashfiyotlari islom sivilizatsiyasiga tamal toshi bo‘ldi. Renessansning ikkinchi davri esa – Amir Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri kelib, nafaqat Movaraunnahr, balki butun Markaziy Osiyo o‘lkalari o‘z taraqqiyotining yangi pog‘onasiga ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: «Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda», - degan so‘zi yangradi. 
Yurtboshimiz mazkur chiqishlarida bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas», deb takidladilar. Darhaqiqat O‘zbekistonda yangi uyg‘onish - Uchinchi Renessans davri boshlandi. Makur holatni bugungi kunda mamlakatimizda, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro‘y berayotgan yuksalish jarayonlari o‘zini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz o‘zimizning milliy o‘zligimizni anglash, boy tarixiy-ma’naviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati mag‘zini chaqish va uni ro‘yobga chiqarishga intilgan bo‘lsak, endilikda xalqimiz jipslanib “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topishi, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarning mujassamligi e’tirof etilmoqda. Milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘un bo‘lgan ijtimoiy tafakkur – mamlakatimiz barqaror rivojlanishining o‘zan mezon va mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari hozirgi davrni milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari deb e’lon qilganligining zamirida qat’iy ishonch va chuqur hikmat mujassam. Negaki, keyingi 10 yilligimiz asl yuksalish va taraqqiyot davri bo‘lishi muqarrar. Zero oxirgi yillarda qabul qilingan va albatta qilinajak qonunlar, farmon va qarorlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar taraqqiyotning yangi ufqlariga asos bo‘ladi. “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. Mazkur jihatlarni “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori”, “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, “Halollik vaksinasi”, “Ma’naviyat bo‘lmagan joyda hech qachon adolat bo‘lmaydi!”,“Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, “Xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz”, “Biz – hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz” kabi tamoyillarni amaliyotga tatbiq qilinayotganligi bilan izohlashimiz mumkin. Qolaversa, 2020 yilning “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi O‘zbekistonni rivojlanish tarixidagi ilk inqilobiy yangi uyg‘onish, ya’ni Uchinchi Renessans davrini yanada jadalashishiga xizmat qilmoqda desak, hecham mubolog‘a bo‘lmaydi. Prezidentimizning ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab chiqishlarida nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilim saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak bo‘lib, ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi deb donishmandlarcha aytgan so‘zlari muqaddas kitobimiz Qur’onning ilk oyatida xam “O‘qing”, “O‘qing” deb ilmu ma’rifatga alohida urg‘u berilganligi va “Ilm”so‘zining takror va takror kelganligi hamda Imom Buxoriy bobomizni “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!” kabi so‘zlari bu davatning naqadar muhimligini anlatadi. Shuning uchun Prezidentimiz joriy yilda Oliy Majlisga murojaatidagi nutqlarida bekorga “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” deb uqtirib o‘tmadi.
Ilm-fan, ma’naviyat-ma’rifatga tikilgan sarmoya buyuk kelajak uchun kiritilgan investisiyadir. Ilm-ma’rifat rivojlanmagan davlat hech qachon to‘laqonli davlat bo‘la olmasligi bizga uzoq tarix hamda bugungi asrimizdagi yuksak taraqqiy etgan ilg‘or mamlakatlar tajribasidan juda yaxshi ayon. Darhaqiqat, ilm-ma’rifat ikki dunyo saodatidir. Ilm ma’rifatsiz kishi berilgan ne’matlar qiymatini anglab yetmaydi. Ilm-ma’rifat inson uchun najot. Shu bois, yurtimiz qadim-qadimdan ilm-ma’rifat markazi, sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib kelgan. Ushbu tabarruk zamindan dunyoga ilmu irfon ziyosini taratgan buyuk allomalar, olimu mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular ilm-fanning ko‘plab jabhalariga asos solib, jahon tamaddunining shonli mayog‘i bo‘lib kelganlar. Ta’kidlash joizki, xususan, O‘zbekiston hududi ham Sharq Renessansining yirik markazlaridan biri sifatida dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lganligini ta’kidlash bizga faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.
Xalqimizning ulug‘vor qudrati buyuk vatandoshlarimiz – algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Gʻarbda Avisenna nomi bilan tanilgan Ibn Sino, davlat arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek singari o‘nlab mutafakkirlar, ya’ni ilm-fan asoschilari qilgan kashfiyot va izlanishlarda namoyon bo‘lib turibdi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Hakim at-Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ajdodlarimiz nomi esa nafaqat islom olami, balki jahon sivilizatsiyasi tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Shu sababli ham davlat rahbari o‘z nutqida ilm-fanga bo‘lgan yuksak e’tibor va ta’limga to‘xtalib, “Vaqt o‘tib, bolalarimiz ham Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy bo‘ladi, men bunga albatta ishonaman” deb ta’kidladi. Uchinchi Renassans davrining alomatlari maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida islohotlar natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. 2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi. Aytish joizki aynan shunday yuqorida keltirib o‘tgan ulug‘ maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasini 2019-2021 yillarda innovasion rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish bo‘lsa, boshqasi 2030 yilgacha Global innovasion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati tarkibiga kirish etib belgilangani barchaning yodida, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, ilm-fan sohalariga safrflanayotgan jami harajatlar o‘tgan yillar mobaynida qariyb 14% ga oshgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yili umumiy 528.8 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib 603, 3 mlrd so‘mga oshgan. Biroq, bugungi kunda ilm-fanni moliyalashtirish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.2% ni tashkil qilib, yillar davomida o‘zgarmay qolayapti. Ushbu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha o‘rtacha 1,7 foizga teng, xususan Xitoyda 2008 yilda 1,4 foizdan 2,14 foizgacha, Koreya Respublikasida 3,1 foizdan 4,5 foizgacha oshgan. So‘nggi 3 yil mobaynida ilm-fan sohasiga davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar 2-3 martagacha oshirilgan bo‘lsa-da, bu o‘sish sur’ati asosan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlarning oylik maoshlarini oshirilishiga yo‘naltirilib, mamlakatda ilmiy tashkilotlarning moddiy texnika ba’zasini rivojlantirishga yetarli mablag‘lar ajratilmasdan qolayapti. Oxirgi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro bog‘laydigan mustahkam mexanizm bosqichma-bosqich ishlab chiqilib, joriy etilmoqda. Mamlakatimiz rivojlanishida ilm-fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida 2017-2020 yillarda qator ilmiy, ta’lim va innovasion tashkilotlar (tuzilmalar) tashkil etildi. 32 ta ilmiy-innovasion tuzilmalar (6 ta texnoparklar, 8 ta ilmiy markazlar va 18 ta ilmiy- tadqiqot institutlari) hamda yangi 29 ta oliy ta’lim muassaslari va ularning filiallari shular jumlasidandir. Ko‘rinib turganiday, mamlakatimizda yangi davrning poydevori bo‘lmish juda keng miqyosdagi yangicha sifat va qudratga ega zamonaviy innovasion tizimlarni yaratish jarayonlari davom etmoqda. Davlat rahbarimiz nazarda tutgan Uchinchi renessans - mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotining, iqtisodiyot va jamiyatning, xalqqa xizmat qilish va kishilarni rozi qilishday ezgu niyat bilan amalga oshirilayotgan barcha yutuqlar – kishilariimz va yoshlarimiz aqlu zakovatining, iqtidor va iste’dod quvvatining yorqin tantanasi bo‘ladi. Bugungi kunda har bir Vatan fidoyilari, ilm-fan arboblari, tadqiqotchilar, olimlar diyorimizdagi yangi uyg‘onish davrining o‘ziga hos bo‘lgan jihatlarini sohalar kesimida tadqiq qilishga kirishdi. Jumladan pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori X.Jabborovlar tomonidan uchinchi renessans davrining g‘oyaviy, mafkuraviy, pedagogik, psixologik jihatlari tadqiq qilindi va unda quyidagicha tahlillarni keltirish mumkin. “Uchinchi Renessans – ma’no + fikr + g‘oya + harakat = Milliy g‘oya!” formulasi keltiriladi. Bunda asosan mustaqillikning mustahkam himoyalash kerakligi, mazkur holat bo‘yicha o‘tmishdan saboq chiqarish kerakligi, masalan mustaqillikning harbiy himoyalash mumkin, ma’naviy himoyalash mumkinligi, tarixdan bizga ma’lumki biz qachon mustamlakaga tushgan bo‘lsak xalqning birlashmaganligi xalqning birirlashmaganligini sababi esa, hammani birlashtiradigan g‘oya ishlab chiqilmaganligi va bu g‘oya odamlarning qalbiga singdirilmaganligi bo‘lib chiqadi.
Bizda bu g‘oya bor “Millik tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Endi manashuni mustaqillikni himoya qilish, uchinchi renessans poydevorini himoya qilishimiz kerak. Biz buni o‘z vaqtida himoya qilmasak u buzilishi mumkin dushmanlar tomonidan. Buni ham ma’naviy tomonidan himoya qilishimiz kerak. Ya’ni uchinchi renessans davrini poydevorini buzishga harakat qilayotganlarga qarshi kurashishimiz kerak.
Bizga uzoqdan turib ma’naviy hujum qilishyapti. Manashu ma’naviy hujumlarga indamay turmasligimiz kerak. Ularga javob berishmimiz kerak va bu ham ilmiy asosda bo‘lishi kerak. Uchinchi renessansning qurilishi va himoyasi ilmiy asosga qurilsa, bu katta kafolat bo‘ladi. Vatanni chegarachi qo‘lida qurol bilan qanday himoya qilayotgan bo‘lsa, odamlarning ma’naviyatida ham shunday himoya o‘rnatiladi.
Uchinchi renessans milliy g‘oya nima uchun biz uni ma’naviy g‘oya deb atashimiz kerak. Chunki ilmga qarasak buning javobini bilamiz. Unda ma’no degan so‘zdan boshlaymiz. Chunki uchinchi renessans davri mukammal amalga oshishi uchun, tez amalga oshishi uchun odamlar, yoshlar uchinchi renessansning ma’nosini tushunib olishlari kerak, qabul qilib olishlari kerak. O‘ziga manfaatli ekanligini anglashlari kerak. O‘zini baxtli bo‘lishligi uchun uchinchi renessans bo‘lishligiga iqror bo‘lishi kerak. Ma’nosini tushunishi kerak.
Ma’nodan keyin fikr keladi. Fikrdan keyin g‘oya keladi. Gʻoyadan keyin xarakat boshlanadi. Xarakat esa Uchinchi Renessansni yaratadi. Har bir O‘zbekistonlikning ongida xarakat natijasi o‘laroq.
Demak biz hozir shuni boshidan boshlamasak, boshidan puxta ilmiy asosda ilmiy tashkil etmasak qiyin bo‘ladi. Nima uchun qiyin bo‘ladi. Odamlar yaxshi tunushunmasa, yaxshi anglamasa, o‘zini manfaatini ko‘rmasa umummilliy harakatga qo‘shilishi qiyin bo‘ladi. Yana ularni chaqirib, yig‘ib tashkil qilish kerak bo‘ladi. Ular bu harakatga qo‘shilishni xohlamasligi mumkin, mayda – chuyda ishlarga berilib. Shuning uchun birinchi bosqichi odamlarga uchinchi renessansni ma’nosini tushuntirish bosqichi.
Ikkinchi bosqich odamlarni fikrlarini paydo qilish bosqichi. Ya’ni odamlar uchinchi renessans haqida mayli boshqa so‘zlar bilan gaplasha boshlasin, kundalik hayoti davomida uchinchi renessans haqida gaplashib, savollar bera boshlasin, o‘zini fikrini aytsin, nega, chunki odamla o‘zini fikrini aytmasa, odamlar uchinchi renessans haqida nimalarni bilishi, nimalarni o‘ylayotganligi, bu fiklari to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi ekanligini bilib bo‘lmaydi, baholab bo‘lmaydi, darajalashtirib, qayerda, qaysi hududda odamlar uchinchi renessansni to‘g‘ri anglayapti, qayerda yaxshi, qayerda o‘rtacha va qayerda anglamayapti deb darajalashtirish mumkin.
Uchinichi bosqich g‘oya bosiqichi. Uchinchi renessans har bir odamning g‘oyasiga aylandimi, yo‘qmi, qayerda, qaysi hududda, qaysi tashkilotda, vazirlikdagi odamlarni g‘oyasiga aylandi uchinchi renessans g‘oyasi, to‘liq aylandi, qayerda o‘rtacha va qayerda aylanmadi, buning sabalarini o‘rganib, halaqit berayotgan sabalarni yoqotish kerak. Rivojlantiriyotgan sabablarni rivojlantirish kerak.
To‘rtinchi bosqich bu harakat bosiqichi. Qayerda uchinchi renessans uchun odamlarning harakati faol, qayerda o‘rtacha va qayerda harakati sust. Nima uchun sust. Ilimiy va faqat ilmiy yondashuv bu savollarga javob beraoladi, noilmiy yondashuv faqat yuzaki ko‘radi, yuzaki xulosa qiladi, yuzaki ishlarni tashkil qiladi va yuzaki natijalarga erishiladi. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu esa uchinchi renessans masalasi ma’naviy-mafkuraviy masalada to‘rt bosqichdan iborat bo‘lishi kerak.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, mamlkatimizda ilm-ma’rifatga berilayotgan alohida e’tiborning zamirida chuqur ma’no bor. Ilm-ma’rifat – bu yangi uyg‘onish davrining poydevori, uning asosida esa shu yurt fuqarolarining milliy tafakkuri, milliy g‘oyasi, ertangi kunga, taraqqiyotga bo‘lgan ishonchi bo‘lib, qaysiki, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlab beruvchi asosiy ustuvor omillardan biridir. Ilm-fan rivojlanar ekan, nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy-madaniy sohaning ham taraqqiyoti kafolatlanadi, mazkur kafolat esa o‘zida yangi renessans davrini ifoda etishiga hecham shubha yo‘q.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə