O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə38/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Majmua-2023 tarix

3. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi


Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi. O’zbek tili – davlat tili Respublika ja moatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish
yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326
tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilishga va o’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo’ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi. Mustaqillik Deklaratsiyasi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan:
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti
• O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
• O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.
• O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida yana bir yangi qadam bo’ldi. Prezident lavozimining ta’sis etilishi



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə