O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə40/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Majmua-2023 tarix

5-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.


Reja:

  1. O’zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yo’l tutishi.

  2. O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma‟qullanishi.

  3. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning o’rni va roli.

Tayanch iboralar.
Davlat tili t o’g‟rishdagi qonun. Referendum. Prezidentlik instituti. Navruz. Vijdon erkinligi. Milliy qadriyatlar. Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKCHP (Favqulodda holat). Davlat suvereniteti. Davlat mustaqilligi asoslari t o’g‟risidagi qonun.
Adabiyotlar.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2021.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston. 2011.

  3. Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиёсий эссе. -Т.: Ёзувчи. 1998.

  4. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. -Т.: 2001.

  5. Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам) №3.

ЎзФА Тарих институти. -Т.: Шарқ. 2000. 224 б.

  1. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари // Масъул муҳаррир Д.А. Алимова. -Т.: Шарқ.

2001.

  1. Тарихий хотира ва мустақиллик. -Т.: Fan va texnologiya. 2016. 80 б.

  2. Шарифхўжаев М. Истиқлол истиқболлари. -Т.: Ўзбекистон. 1994.

  3. Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: O‘zbekiston. 2019.

428-459 бетлар.

  1. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. -

Т.: Fan va texnologiya. 2014.

1. O’zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yo’l tutishi.


1980-yillarning o’rtalaridan boshlab Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi deb nomlangan davlat o’zining so’nggi kunlarini boshidan kechirayotgan edi. 1985 yildan ushbu mamlakat raxbari bo’lgan M.S.Gorbachev tomonidan inqirozdan chiqish uchun ishlab chiqilgan “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berib, butun ittifoq, jumladan O’zbekistonda ham ijtimoiy muammolar battar chuqurlashib bordi. Markaz rahbariyati o’zini siyosiy tuzumni isloh qilayotgandek ko’rsatish uchun ittifoq konstitusiyasini qayta ishlab chiqishga qaratilgan dasturni ishlab chiqa boshladi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat‘iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo’ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o’z yerlari, suvlari, o’rmonlari va yerosti boyliklariga, ko’pdan ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari, 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ sining plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz, – degan edi.
Hali davlat mustaqilligi e‘lon qilinmasdan oldin Islom Karimov rahbarligida O’zbekiston taraqqiyotining mustaqil yo’li tamoyillari ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi. Islom Karimov tomonidan XX asrning 80-90-yillari davomida chiqarilgan farmonlar va uning taklifi bilan respublika Oliy Kengashi hamda hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar bevosita siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni ta‘minlashga qaratildi. Bu jarayonlarning aniq ifodasi 1989 yilda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi, 1990 yil 24 martda Prezidentlik institutining joriy etilishi xalqqa milliy ma‘naviyat, an‘analar va urf-odatlarning qaytarib berilganligi bo’ldi.
Mustaqillik arafasida, ya‘ni 1989 yilning 19 oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyasi muhokamasiga qo’yilgani ham davlatimiz rahbari Islom Karimov nomi bilan bog’liq. O’sha qaltis siyosiy-ijtimoiy sharoitda o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi keskin va murosasiz bahs va tortishuvlarga sabab bo’lgan. O’sha vaqtda ayrim siyosiy guruhlar O’zbekiston sharoitiga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg’a surgan, shuning hisobidan o’ziga obro’ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog’liq muammolar orqali milliy tuyg’ularni ro’kach qilib, ulardan g’arazli maqsadlarda foydalanish mumkin edi.
Islom Karimovning o’sha paytdagi har tomonlama puxta o’ylangan, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan vazminlik siyosati orqali yagona to’g’ri yo’lni topishga erishildi. Natijada xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga mustaqillikka qadar 1989 yili 21 oktabrida ega bo’ldi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e‘tiborga olishni istamas, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta‘siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e‘lon qildilar. Garchand O’zbekistonning davlat mustaqilligi yuridik tarzda 1991 yil 31 avgustdan e‘tirof qilinsa-da, mustaqillik uchun intilish, kurash ancha avvalroq boshlangan edi. U bir necha bosqichlarda amalga oshdi, deyish mumkin.
Birinchi bosqich 1990 yil 24 martda mustaqillik yo’lidagi juda muhim hamda mas‘uliyatli qadam qo’yildi. Shu kuni o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida Ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi joriy etildi. Bu tarixiy voqea edi. Shu o’rinda aytish joizki, bundan o’n kun oldin, ya‘ni 14 mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdida SSSR Prezidenti lavozimini ta‘sis etish to’g’risidagi qonun qabul qilinib, Mixail Sergeyevich Gorbachev bu vazifaga saylangan edi.
SSSR tarkibida (hududida) ikkinchi Prezidentning paydo bo’lishini Markaz va uning rahbariyati qanday qabul qilganliklarini bugun tasavvur qilish qiyin emas, albatta.
1990 yil bahorida Islom Karimov Gorbachyovcha qayta qurish boshi berk ko’chaga kirib qolganini anglab yetdi. O’sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar kamdankam edi. Rossiya va boshqa ittifoqdosh respublikalarda tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O’zbekistonda ham yuz berishiga yo’l qo’ymaslik uchun qatiy choralar ko’rish kerak edi. O’zbekistonda hokimiyatning ozgina bo’lsa-da zaiflashuvi respublika ichida millatlararo nizolar yangidan boshlanishi, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli 1990 yil martida, Gorbachyov va uning atrofidagilar norozi bo’lishiga va qarshilik ko’rsatishiga qaramay, O’zbekiston Oliy Kengashi respublika Prezidenti lavozimini ta‘sis etdi va unga Islom Karimovni sayladi. Mamlakat ahli o’sha vaqtda harakati tobora susayib, cho’kayotgan kemaga o’xshab qolgan KPSSga bundan buyon ko’r-ko’rona ergashmasligini, ko’p millionli xalq kommunistik mafkura tazyiqiga uchramasdan, o’zining mustaqil davlatida yashashni istayotganligini o’z Prezidenti Islom Karimov orqali ochiq-oydin aytdi.
Mustaqillik deklaratsiyasi. 1990-yil 18-iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining lkkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg’in muhokama qilindi va 20-iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, bu moddalarda xalqimizning xohish-irodasiga to’la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo’yildi:
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
-o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari;
-har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta‘minlashdan iborat oliy maqsad
haqi;
-har bir kishining farovon hayot kechirishini ta‘minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
-O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur his etgan holda;


-xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga
asoslanib O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qiladi.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi:

  • O‘zbekiston SSR demokralik davlatining o’z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

  • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib, o’zgartirilishi mumkin emas.

  • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.

  • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.

  • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo.

Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma‘nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo’lida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shundan e‘tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
Ittifoq bo’yicha o’z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo’ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to’g’risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar “Kuchli markaz – kuchli respublikalar” desa, joylardagilar “Kuchli respublikalar – kuchli markaz” der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e‘tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta‘kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Boltiqbo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo’yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e‘lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o’zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi.
1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o’tkazishni ma‘qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi.
Qo’shimcha byulletenga Siz O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga Ha deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991-yil 12-martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi”, – degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi.
1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog’iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.


1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to’g’risida qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko’rsatadi.
1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o’rtasida vakolatlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo’ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o’tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo’natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Kengashida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo’lgani holda “Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risidagi shartnoma”ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir imkoniyat vujudga kelgan edi.
1991-yil avgust voqealari. Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o’z qo’lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991-yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e‘lon qilingan Sovet rahbariyatining Bayonotida M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo’q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanayevga o’tkazilganligi e‘lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog’-salomat edi, ammo o’zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo’ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda SSSRda Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tuzildi:
O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A.Kryuchkov – SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov – SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T.Yazov – SSSR mudofaa vaziri, G.I.Yanayev – SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo’mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e‘lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi.
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo’qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko’rsatmalar bajarilmasligini qat‘iy ta‘kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta‘kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig’vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to’g’risidagi deklaratsiya qoidalarini og’ishmay va izchil amalga oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 1991-yil 20-avgust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini e‘lon qildi: “Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo’l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida t o’liq, hozircha batafsil ma‟lumot berganicha yo’q. Bu ma‟lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina b o’layotgan o’zgarishlarga o’zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz”. Prezident xalqqa: “Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o’zimiz tanlagan y o’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo’q. Ishonamanki, bu og’ir sinovlardan ham eson-omon o’tamiz”,– deb murojaat qildi. Xalqni og’ir sinovlardan o’tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi (I.Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. “Sovet O’zbekistoni” gazetasi, 1991-yil, 21-avgust soni).
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
I.Karimov Favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatiga o’z munosabatini bildirmagan, qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha‘ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo’yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg’itishga va davlat to’ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan keyin KPSS
Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to’g’risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma‘qulladi.
1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e‘lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
Q‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991-yil 28-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida qaror qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo’yildi.
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning mamlakatda 19-21-avgust kunlari sodir bo’lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə