O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə45/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Majmua-2023 tarix

7-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR.
Reja:
1.O`zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi.

  1. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi

  2. O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.

Tayanch iboralar:
O`zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, O`zbekistonning eng yangi tarixi fanining o`rganish obekti. O`zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi va vazifalari. Metodologiya, Dialektika, Marksizm, Materializm. Xronologiya, Arxiv manbalar, Tarixni davrlashtirish, Komil inson, Davlat tili to`g`risidagi qonun. Referendum. Prezidentlik instituti. Navruz. vijdon erkinligi. Milliy qadriyatlar. Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKChP (Favqulodda holat). Davlat suvereniteti. Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun. Davlat bayrog`i. Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstituttsiya. Referendum. Taraqqiyotning “ O`zbek modeli”. Reforma. Bozor iqtisodiyoti. Ijtimoiy himoya.


O`zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo`lga kiritish va O`zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining so`nggi o`n yilligi davrida O`zbekiston uchun o`ta xavfli voqealarga boy bo`lgan 1989 yilni ko`rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O`zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o`laroq, respublika manfaatlari qat’iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O`zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Bu o`zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo`lib qoladi.
Ikkinchidan, O`zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga to`g`ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qo`ymoqdamiz, ko`z o`ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o`rnatilmoqsa. O`zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog`liq.
Bundan tashqari, eng yangi tarixni o`rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Bu, o`z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol – tarixchining jamiyatga berayotgan o`tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz – O`zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o`tgan yo`lining mazmun-mohiyatini obektiv baholagan holda, O`zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq.
Birinchi bosqich 1989-1991 yillarni qamrab olgan. Mustaqillikka erishish arafasida mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatning ijobiy tomonga o`zgartirilishi, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning respublika rahbari lavozimiga kelishi, O`zbekistonda mustaqillik g`oyalarining pishib yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta’sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yo`l-yo`riqlarini qidirish hamda sobiq Itgifoq rahbariyatining O`zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish yo`lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e’tirof etilishida I.Karimovning O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asaridagi xronologik yondashuv konseptual asos bo`lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan o`tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo`yildi. Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Milliy istiqlol g`oyasining asoslari shakllandi. Buning ta’sirida demokratik qadriyatlarning hayotdagi o`rnini mustahkamlash imkoniyati tug`ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu mamlakatdatub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ruhiy o`zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida muhim omil bo`ldi.
O`zbek modelining hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi o`rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
2000-2010 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida o`tish davrining obektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o`tish vazifasi kun tartibiga qo`yildi.
Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.
Shu bilan birga, Islom Karimovning ... erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik hukuqiy davlat qurish, inson, uning manfaati, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan, jahon miqyosida obro`-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o`z oldimizga qo`ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo`lning bir qismi, xolos (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j. –T., “O`zbekiston”. 2011. B-39.), degan fikrlari yuqoridagi mulohazalarimizni tasdiqlaydi.
Mustaqil davlatimiz 2010 yildan boshlab yangi - turtinchi bosqichga qadam qo`ydi. Ushbu bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi. Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so`z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2016 yildan O`zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil sentabr oyidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil dekabr oyidan esa umumxalq tomonidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan Sh.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.
O`zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi.
1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo`lib o`tdi. Prezident I.Karimov O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to`g`risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada “ O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risida” Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi.
O`tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e’tiborga olib,
— xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib,
— O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab,
— shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qatiy sadoqatini bayon etib,
— millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qati nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,
— Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi. (O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonotidan).
O`zbekiston Respublikasi, – deb ta’kidlanadi Bayonotda, – to`la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo`ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o`zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o`zini ochiq deb e’lon qiladi.
Oliy Kengash sessiyasi “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to`g`risida” Qaror qabul qilib, O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O`zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo`ydi.
1-sentyabr O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin. (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan).
Oliy Kengash “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida” Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Qonunning birinchi moddasida: O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir, – deb qonunlashtirib qo`yildi.
Qonunda O`zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o`z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo`yildi.
Mustaqillik asoslari to`g`risidagi qonunda O`zbekiston Respublikasi to`la davlat hokimiyatiga ega, o`zining milliy davlat va ma’imiriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo`linmas bo`lib, uning xalqi o`z xohishrodasini erkin bildirmasdan turib o`zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo`yildi.
Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o`rmonlar, o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O`zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o`z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi Qonunga Konstituttsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O`zbekiston Respublikasining amaldagi Konstituttsiyasi moddalari O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo`yildi.
Mustaqillik to`g`risida referendum. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo`lgan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo`yicha referendum o`tkazish haqidagi masalani ko`rib chiqdi. Oliy Kengash sessiyasi 1991-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish to`g`risida” Qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risidagi masala bo`yicha referendum o`tkazish belgilandi.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?”
Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko`rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7 ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991-yil 29-dekabr kuni bo`lib o`tgan referendumda 9.898.707 kishi yoki saylov ro`yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda qo`yilgan savolga Ha, ya’ni, O`zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi referendumi to`g`risidagi Qonunning 26-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi. (Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.)
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro`yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi.
Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi o`zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo`ldi. Mustaqillik xalqimizga o`z taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi.
Tarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko`plab xalqlarni o`z manfaatlariga bo`ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan.
Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo`ldi, imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo`lmish SSSRning parchalanishi ham ana shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi ham qonuniy-tarixiy jarayon bo`lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston xalqi o`z taqdirini o`z qo`liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to`la huquqli, suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.
O`zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qafiyatliligi, uzoqni ko`ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo`li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Mustaqil O`zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo`yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O`zbekistonni quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O`zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Qadrli janob Prezident, mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o`zgarishlarni va sobiq sovet Ittifoqi respublikalarini birlashtirib turgan Ittifoqning tugaganligini hisobga olib, Qo`shma Shtatlar hukumati O`zbekistonni mustaqil davlat sifatida taniganligini Sizga xabar qilishdan mamnunman”. (AQSh Prezidenti Jorj Bushning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga yollagan shaxsiy maktubidan.)

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə