O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


O’zbekistonning eng yangi tarixi fanini o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Tarixni davrlashtirish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə19/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Majmua-2023 tarix

2.O’zbekistonning eng yangi tarixi fanini o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Tarixni davrlashtirish.


Istiqlol yillarida O’zbekistonda tarix fani ham muayyan o’zgarishlarga yuz tutdi. Sovet mafkurasi to’laligicha va qat‘iyan rad etilib, ko’p omilli metodologik yondashuvlarga jiddiy e‘tibor qaratildi. Milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan yangi metodologik yondashuvlar paydo bo’ldi, ilm-fanning muammoli sohalariga shu kungacha o’rganilmagan mavzular kirib keldi, ko’plab tarixiy voqealarga yangicha izohlar berila boshlandi, yangicha ta‘lim standartlari, dasturlar, darslik va metodik qo’llanmalar ishlab chiqildi. Lekin, shunga qaramay, hali qilinishi lozim bo’lgan ishlar juda ko’p. O’tgan davr mobaynida O’zbekistonning eng yangi tarixidagi voqealar ko’lami va o’sish sur‘ati fan va ta‘lim oldiga ularni tizimli ravishda o’rganish vazifasini qo’ymoqda. Bu, bir jihatdan, mamlakatimiz keyingi 29 yil davomida iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy sohalarda erishgan ulkan yutuqlar yetarli darajada yoritilmagani bilan sharhlanadi.
Mustaqillik O’zbekiston xalqi tarixini xolisona o’rganish imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona yondashuvlar ta‘siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bo’lgan bo’lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan to’g’ri xulosa chiqarish uchun asos bo’ldi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tarix faniga bo’lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning 1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, O’zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va O’zbekiston tarixi konsepsiyasining ishlab chiqilishi anashu amaliy harakatlar debochasi bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q (1998), Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch (2008), O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida (2011) kabi asarlari O’zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda o’rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bo’lib xizmat qildi.
Vatan va xalq tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevlarning asarlari, maqola va nutqlari, Farmon va qarorlari, 2016-2020 yillarda qabul qilingan Qonun va meyoriy hujjatlar ham muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
E‘tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori bu – xalq. Bo’lib o’tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bo’lib, o’tmishda yo’l qo’yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikni targ’ib etuvchi, buzg’unchi g’oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag’rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir. Shuningdek, xalq xotirasi, o’tmish, ushbu o’tgan tarixiylikni o’quvchilarga haqiqiy yetkazish tarixni fan darajasiga ko’taradi. Tarixni fan sifatida o’qish, o’rganish, talqin etish va chuqur anglab yetish bevosita ilmiy tadqiqotlarning samarasi hisoblanadi. Faqat ilmiy tadqiqotlar orqaligina bo’lib o’tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolis tahlil qilish va mantiqiy talqin etish qiyosiy va tanqidiy solishtirish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, tarixiy dunyoqarash asosida voqea-hodisalar, tarixiy jarayonlarga baho berish, tarix falsafasini anglab yetish imkoniyatlari kengayadi. Aynan shuning uchun ham tadqiqotlar natijalarini doimiy ravishda fanga joriy etib borish metodologik jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik bizga barcha imkoniyatlar bilan birgalikda haqqoniy tarixni yoritish va o’rganish imkoniyatini ham berdi. Shu jihatdan tarixni yoritish va o’rganishda birinchi navbatda bilish nazariyasining dialektik metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Olam yagona va yaxlit, barcha hodisa-voqealar umumiy va o’zaro bog’liqlikda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’lishi dialektikaning asosiy tamoyillaridir. Dialektik metodologiya barcha mamlakat va xalq tarixini, shuningdek, O’zbekistonning eng yangi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni talab etadi.
O’zbekistonning eng yangi tarixi tarixi Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadimdan bugungacha O’zbekiston Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqadagi ko’pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta‘sir va aloqada bo’lgan, qo’shilish, aralashish jarayonlarini boshdan kechirgan, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda o’tgan. Bu holatlar O’zbekistonning eng yangi tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlarning zamonaviy tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekistonning eng yangi tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama mukammal o’rganish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Tarixiy voqea-hodisalarni tahlil etish, yoritish va o’rganishda xolisona, haqqoniy, adolatli va ilmiy yondoshuv muhim metodologik qoida hisoblanadi. Xolislik qoidasi tarixiy voqea-hodisalarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq barcha jarayonlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda tekshirish lozim.
Tadqiqotchilar to’g’ri ta‘kidlaganlaridek, Tor doirada tug’ilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash lozim bo’lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish tajribasi sir emas... Bu usulda chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo’lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi.
Tarixiy voqea-hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. Voqea-hodisalarni o’rganishda tarixiy rivojlanish jarayoniga e‘tibor qaratmoq zarur. Shu jihatdan tarixni yoritish va o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim o’rin tutadi. Har bir voqea-hodisani boshqa voqea-hodisa bilan bog’lab o’rganilgandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo’lagi deb qaramoq zarur. Ularning qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo’lganligini, o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’taganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni yaratdi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqillik mazmun-mohiyati va ahamiyatini mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga ham rioya qilmoq zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa – kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo’lib, u tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash to’g’ri emas.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatda u yoki bu yo’ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda ham muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an‘ana va urf-odatlarini, din tarixi, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularga hurmatlash, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga: ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat bolsheviklarcha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondashuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyat va urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga olib kelganligini ham unutmaslik kerak.
O’tmishning tarixiy jarayonlarini tahlil etish, yoritish va o’rganishda Vatan manfaati nuqtai-nazaridan yondoshib, milliy istiqlol g’oyasi tamoyillariga tayanib ish tutish juda muhim hisoblanadi.
Tarixni o’rganishda yuqoridagi nazariy-metodologik qoidalar bilan bir qatorda, dalillarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Vatan tarixini yoritish va o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uzoq davr mobaynida tarixni o’zlari bilganlaricha davrlashtirishlar tarixni yoritish va o’rganish borasida buzilishlarga olib keldi.
Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan, yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois, fanda ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo’lingan davrlar o’rin oldi.
1991 yilgacha tarixni davrlashtirish masalasida boshqa yondashuvlar ham mavjud edi. Arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o’rta tosh, yangi tosh, mis-tosh, bronza, temir davrlariga bo’lgan edilar. Xorij olimlaridan L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga: yovvoyilik (tayyor tabiat mahsulotlarini o’zlashtirish), vahshiylik (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va sivilizatsiya (sanoat rivojlanishi) davriga bo’lgan bo’lsalar, bunday davrlashtirish nomukammal ekanligini hayotning o’zi isbotladi va rad etdi.
Mustaqillik yillarida tarixga yangicha yondashuv, uni haqqoniy yaratish borasidagi vazifalar taniqli tarixchi olimlarni bu masalaga aniq mazmun va mohiyat kiritishiga imkon yaratdi. Taniqli tarixchilardan akademik A.Asqarov va E.Rtveladze tarixni davrlashtirish borasida bugungi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib, yangi ijobiy fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, akademik A.Asqarov jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, O’rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatlardan kelib chiqib, O’zbekiston tarixini davrlashtirishdagi asosiy omillarni izohlashga harakat qildi.
Nazarimizda, har bir davr qaysi asr va yillarni o’z ichiga olishini aniq ko’rsatib va oltinchi davrni O’zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlab, quyidagi tartibda berish maqsadga muvofiqdir.




Davrlarning nomlanishi

Davrlar asri va nomlanishi




1.

Ibtidoiy jamoa tuzumi davri

Mil.avv. 1 million – III ming yilliklar




2.

Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va

Mil.avv.II ming yilliklar – Milodiy IV asr




rivojlanishi davri

3.

O’rta asrlar davri

Milodiy V – XIX asr o’rtalari




4.

Rossiya imperiyasi

XIX asr 2 yarmi – 1917 yil




mustamlakachiligi davri

5.

Mustabid sovet hokimiyati

1917 – 1991 yillar




hukmronligi davri

6.

O’zbekistonning eng yangi tarixi davri

1991 yildan bugungi kungacha




Oltinchi davrni O’zbekistonning eng yangi tarixi davri deb nomlashning muhim sababi, O’zbekiston 1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligiga erishdi va o’zining eng yangi tarixini boshladi. Bu davrda o’zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yo’lidan borib, qisqa fursatda asrlarga tatigulik sharafli yo’lni bosib o’tdi, jahon miqyosida o’z o’rnini topdi. Shu ma‘noda ushbu davr maxsus o’rganilishi kerak bo’lgan xalqimiz tarixining ajralmas qismiga aylandi.
Eng yangi tarix – juda ko’p ilmiy bahs-munozaralar predmeti. Ba‘zan u tor ma‘noda tushuniladi, ya‘ni so’nggi o’n yilliklar yoki ushbu davrdagi bir avlodning tarixi sifatida; boshqa yondashishda esa uning boshlanishi avvalgi tarixiy davrlardan farqli bo’lgan asrning o’ziga xos jihatlari bilan belgilanadi. O’zbekistonning eng yangi tarixi mazkur yondashuvlarga muvofiq keladi, shu bilan birga, uni davrlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Eng yangi tarixni davrlashtirish tamoyillari bo’yicha ham turli yondashuvlar mavjud.
Ba‘zi olimlar Eng yangi tarix deganda, Yangi davrni, ya‘ni Yevropa va Shimoliy
Amerikada kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi davrini tushunishadi. Madaniyatshunoslik yondashuvlariga asoslangan G’arbdagi tarix ilmiy maktablari Eng yangi tarixni ilm-fanning o’sishi, texnikadagi rivojlanish, shuningdek, ongning sekulyarizatsiyasi bilan xarakterlangan inson va jamiyat tafakkuri hamda madaniyatidagi o’zgarishlar bilan asoslashadi.
Shu bilan birga, turli ilmiy yo’nalishlarda eng yangi tarix quyidagi holatlar bilan bog’lanadi:

  1. chet el zulmidan ozod bo’lish;

  2. mustaqil milliy davlat barpo etish jarayoni.

O’zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo’lga kiritish va O’zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining so’nggi o’n yilligi davrida O’zbekiston uchun o’ta xavfli voqealarga boy bo’lgan 1989 yilni ko’rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O’zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o’laroq, respublika manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O’zbekiston mustaqil davlat deb e‘lon qilindi. Bu o’zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo’lib qoladi.
Ikkinchidan, O’zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga to’g’ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qo’ymoqdamiz, ko’z o’ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o’rnatilmoqsa. O’zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog’liq.
Bundan tashqari, eng yangi tarixni o’rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Bu, o’z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol – tarixchining jamiyatga berayotgan o’tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz – O’zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholagan holda, O’zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq.
1989-1991 yillarni qamrab olgan birinchi bosqich. Mustaqillikka erishish arafasida mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatning ijobiy tomonga o’zgartirilishi, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning respublika rahbari lavozimiga kelishi, O’zbekistonda mustaqillik g’oyalarining pishib yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‘sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yo’l-yo’riqlarini qidirish hamda sobiq Itgifoq rahbariyatining O’zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish yo’lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e‘tirof etilishida I.Karimovning O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asaridagi xronologik yondashuv konseptual asos bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan o’tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo’yildi.
Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Milliy istiqlol g’oyasining asoslari shakllandi. Buning ta‘sirida demokratik qadriyatlarning hayotdagi o’rnini mustahkamlash imkoniyati tug’ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu mamlakatdatub siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ruhiy o’zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida muhim omil bo’ldi.
O’zbek modelining hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi o’rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
2000-2010 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida o’tish davrining obyektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tish vazifasi kun tartibiga qo’yildi.
Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.
Shu bilan birga, Islom Karimovning ... erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik hukuqiy davlat qurish, inson, uning manfaati, huquq va erkinliklari so’zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan, jahon miqyosida obro’-e‘tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo’lning bir qismi, xolos (Karimov I.A.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j. –T., “O’zbekiston”. 2011. B-39.), degan fikrlari yuqoridagi mulohazalarimizni tasdiqlaydi.
Mustaqil davlatimiz 2010 yildan boshlab yangi - turtinchi bosqichga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.
Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so’z erkinligini ta‘minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2016 yildan O’zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil sentabr oyidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil dekabr oyidan esa umumxalq tomonidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.
3.O’zbekistonning eng yangi tarixini o’qitish va o’rganish tizimining tashkil etilishi.
Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan o’tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy va xolisona o’rganish imkoniyati yuzaga kelib, 2020-2021 o’quv yilidan boshlab oliy ta‘lim tizimiga O’zbekistonning eng yangi tarixi fani kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixini chuqur o’rganish juda dolzarb vazifa ekanini, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, mustaqilligimizni mustahkamlash haqida to’xtalar ekan, o’sib kelayotgan yosh avlod istiqlolimiz tarixini chuqur o’rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini doimo ta‘kidlagan edi (Karimov I.A. Inson xotirasi - boqiy, qadr-qimmati - ulug’. // “Xalq so’zi” gazetasi, 2012 yil 10 may.).
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi Qarorida ham tarixan qisqa davrda mamlakatimizning o’tgan asr oxirida keskin ijtimoiy muammolar girdobiga tushib qolgan, aholining hayot darajasi bo’yicha sobiq SSSRda eng oxirgi o’rinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez sur‘atlar bilan o’sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganini ochib berish masalasiga alohida urg’u bergan edi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’gkazish to’g’risida”gi Qarori // "Xalq so’zi" gazetasi, 2014 yil 2 iyul).
Shu nuqtai nazardan, O’zbekistonning eng yangi tarixini chuqur o’rganish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni, ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy-marifiy faoliyatning butun tizimini yanada yuqori bosqichga ko’tarish muhim ahamiyatga ega. Bu tarix fani oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Yangi tarixni o’rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butun jahon tadqiqotlari tizimida ustuvor o’rinni egallab kelmoqda. Bu tarixdagi Inson mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o’rab turgan dunyodagi rolini o’rganishdir. Eng muhim vazifa, eng yangi tarixni metodologik va ilmiy asosga tayangan holda tadqiq etishdan iborat. Biz metodologik asosni chuqur anglab yetsak, tarixni siyosiylashtirish, qalbakilashttirish va buzib ko’rsatish kabi salbiy holatlarning oldini olgan bo’lamiz.
O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli o’rganish dolzarbligi tufayli 2012 yil 27 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan edi. Jamoatchilik kengashi va uning ishchi organi bo’lgan muvofiqlashtiruvchi Markaz o’zining 5 yillik faoliyati davomida istiqlolning dastlabki chorak asrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan turli mavzulardagi monografiyalar, to’plamlar va ilmiy jurnallarni nashr etish ishini boshqarib, ularning ilmiy-uslubiy va metodologik mazmunini muvofiqlashtirib bordi.
2016-2017 yildan mustaqil O’zbekiston o’zining yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Oldingi yillarda amalga oshirilgan tub-ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi o’laroq ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlarni yangicha talqin qilish tarixiy zaruratga aylandi.
O’zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o’qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o’quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta‘lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o’quvchilarida, oliy ta‘lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi.
Jamoatchilik kengashi O’zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o’qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlar, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar sifatini oshirishga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi.
O’zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o’rganishni tashkil etish, O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo’l qo’ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
-demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o’zbek modeli mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni saqlash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O’zbekistonning roli va o’rnini chuqur o’rganish va yaqqol ochib berish;
-ilmiy, o’quv, o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqishni ta‘minlash;
-O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha ilmiy, o’quv va o’quv-metodik adabiyotlar, o’quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o’quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
-fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o’zlikni anglash, yuksak ma‘naviyat, xalqning tarixiy an‘analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko’maklashish;
-O’zbekiston tarixi bo’yicha zamonaviy chet el ilmiy va o’quv adabiyotlarini o’rganishga yo’naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O’zbekistonning tarixiy o’tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to’g’risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi «O’zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali muassislari qilib belgilandi.
Mazkur Qarorda O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda o’rganishni tashkil etish, shuningdek, u tarixiy-madaniy merosga ega bo’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga yo’l qo’ymaslikka yo’naltirilgan bo’lib, hujjatda O’zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o’quv, ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mingaqaviy jarayonlar bilan, ayni vaqtda, hozirgi O’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqishni ta‘minlash kabi vazifalar belgilab berilgan.
O’zbekistonning eng yangi tarixini bilish shu mamlakat har bir fuqarosi, shuningdek, har bir soha mutaxassisi uchun jahon tarixi tizimida Vatanimiz tarixining XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi muhim voqealarini, davlatimiz taraqqiyotining o’ta muhim yo’nalishlarini bilish va teran anglab yetishga, yangi strategik davrda O’zbekistonning zamonaviy dunyodagi o’rni va roli hamda davlatimiz rahbari olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ustuvor vazifalari haqida tasavvur hosil qilishga ko’maklashishi lozim.
O’zbekistonning yangi tarixi bo’yicha ilmiy adabiyotlar yaratish dolzarbligining yana bir jihati shundan iboratki, globallashuv sharoitida O’zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlar ta‘siriga tushib qolishi mumkin. Bu mafkuralardan ba‘zilari mustaqil O’zbekiston va uning siyosatini ongli ravishda parokanda qilishga yo’naltirilgani yaxshi ma‘lum. Shu bois, ilmiy va o’quv fani sifatida O’zbekistonning eng yangi tarixi o’z ichiga axborot xavfsizligi tizimining bir qismi sifatida ana shunday kuch va oqimlarga qarshi targ’ibotni olishi shart. Bundan tashqari, O’zbekistonning eng yangi tarixi – konstruktiv tarixiy xotira, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita hamdir Tarix, huquq, iqtisod va falsafa sohalari mutaxassislarining maxsuli bo’lgan ushbu fanda xronologik yondashuv asosida, mustaqil davlatchilikning tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot, yangicha huquq tizimining shakllanishi, tashqi siyosat, milliy munosabatlar va madaniyatga oid masalalar batafsil yoritiladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevlarning davlat rahbari sifatidagi keng qirrali faoliyatlariga alohida o’rin beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab o’tganidek: Oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur.
Xususan, milliy o’zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim.
O’tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo’lishi zarur.
Afsuski, yurtimiz tarixini o’rganishda o’tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi.
Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San‘atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o’quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak (Qarang: Mirziyoyev SH.M.Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -T.: “O’zbekiston”. 2020. 24-25 b.)
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi “O’zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga (PQ-4390) asosan, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish asosida milliy o’zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “O’zbekiston tarixi” telekanali tashkil etildi. Telekanal 2019 yil 1 sentabrdan o’z ko’rsatuvlarini efirga uzata boshladi.
O’tgan davr mobaynida “O’zbekiston tarixi” telekanali O’zbekistonning ko’hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan g’oyat katta ilmiy, madaniy va ma‘naviy hissasini yoritishda har bir voqeaning mazmun-mohiyatini izchil va tizimli ochib berish orqali buyuk tariximizning barcha davrlarini chuqur ilmiy tadqiqotlarning xolisona natijalari asosida ko’rsatib beruvchi axborot-tahliliy va mavzuli teleko’rsatuvlar, tok-shou, “davra suhbatlari”ni yuqori professional va g’oyaviy-badiiy saviyada tayyorla boshladi. Telekanal o’z oldiga quyidagi maqsad-vazifalarni qo’ygan:
-buyuk vatandoshlarimiz – olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish maqsadida ularning hayot yo’li va qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filmlar turkumlarini yaratish;
-doimiy ishlab turuvchi televizion studiya – “munozara maydonchasi” faoliyatini ta‘minlash, O’zbekiston tarixi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar natijalarini, madaniy va ko’hna yodgorliklarni saqlash bilan bog’liq muammolarni, shuningdek, xalqimiz tarixiga taalluqli va umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa g’oyat muhim masalalarni ochiq muhokama qilish uchun olimlar, tarixchilar, tadqiqotchilar, o’quvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarini taklif qilish;
-chet ellarga ijodiy safarlar davomida xalqimizning moddiy va nomoddiy merosi, O’zbekiston tarixi bilan bog’liq bo’lgan nodir qo’lyozmalar, kitoblarni izlash, amaliy san‟at buyumlari hamda muzeylar kolleksiyalarida, xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida, shuningdek, jahon tarixiy merosini o’rganayotgan jamg’armalarda saqlanayotganqimmatli topilmalarni o’rganish natijalari bo’yicha maxsus teleko’rsatuvlar tayyorlash.
Xorijiy telekanallar, ilmiy-tadqiqot markazlari va jamg’armalar tomonidan tayyorlangan, jahon tarixining ahamiyatli lavhalarini aks ettiruvchi, shuningdek, O’zbekiston hududida ming yillar davomida sodir bo’lgan tarixiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan voqealar va shaxslar to’g’risida hikoya qiluvchi ko’rsatuvlarni sotib olish, o’zbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtirish va milliy teleradiokanallar efirlarida joylashtirishga ko’maklashish borasidagi vazifalarni amalga oshirishda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti, O’zbekiston Milliy Universiteti, Sharqshunoslik Universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti tarixchi olimlari, shuningdek O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi mas‘ul markaz sifatida yaqindan ko’mak berib kelmoqda.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə