O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari



Yüklə 6 Mb.
səhifə30/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80

Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari. Ishlab chiqarish jarayoni eng avvalo mehnat jarayonidir. Mehnat – bu, insonlarning foydali faoliyati bo‘lib, insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne’matlariga ta’sir ko‘rsatib o‘z ehtiyojiga muvofiqlashtirish jarayonidir. SHuningdek mehnat iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi

Mehnatning quyidagi jihatlariga e’tibor berish zarur:



  • Inson ongli mehnat qiladi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarini ishlab chiqaradi va takror ishlab chiqaradi. Uning hayvonlardan farqi ham ana shunda. U o‘zi bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy almashuv vositasini tartibga solib, nazorat qilib turadi;

  • Mehnat jarayonida inson faqatgina tabiatning o‘zgarishiga ta’sir qilibgina qolmasdan, o‘zining bilim doirasini kengaytiradi. Tajribasini, malakasini oshiradi va o‘zi ham o‘zgarib boradi, u inson ongining o‘sishi va taraqqiy qilishining asosiy omili bo‘lib maydonga chiqadi.

“Mehnat –umumiy ehtiyojlarni qondirish yo‘lida tabiat ne’matlarini o‘zlashtirishga qaratilgan, individ va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy farovonlikni yaratishga yo‘naltirilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, u inson mavjudligining bosh mezonidir”78.

Demak mehnat insonning foydali faoliyati bo‘lib, uning sub’ekti mehnatkashlar hisoblanadi. Mehnatkashlarning ikkita konsepsiyasiga diqqatingizni jalb qilamiz (V.S.Barulin bo‘yicha). Birinchi konsepsiya – ijtimoiy-iqtisodiy, ikkinchi konsepsiya – ijodiy-madaniy. Birinchi konsepsiya bo‘yicha, mehnatkashlar – bular, yaratuvchilar, ish haqi oluvchi yollanma ishchilar, ular ekspluatatsiya qilinganlar, ezilganlar; qolganlar – “mehnatkash bo‘lmaganlar”. Ikkinchi konsepsiya mehnatkashlarning yanada keng mezonini ilgari suradi – jamiyat boyliklari majmuini, madaniyatning barcha turlarini: moddiy va ma’naviy madaniyatning yaratuvchilari. Mehnatkashlarning bu ikki konsepsiyasini ko‘rib chiqib, V.S.Barulin shunday hulosaga keladi: birinchi konsepsiya (siyosiy iqtisod bo‘yicha) jamiyatni tushunishning o‘z yo‘lida haqqoniy, biroq zamonaviy dunyoning rivojlanishi, ko‘proq ijodiy-madaniy konsepsiyaga diqqat qaratishni talab qiladi79.

K.Marks mehnatkashlar deganda asosan ishchilar sinfini nazarda tutadi. Uning nazarida ishchilar sinfi tom ma’noda moddiy ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarish sub’ektlari. Uning fikriga qarama-qarshi tarzda D.Bell ta’kidlaydiki, ayni vaqtda sanoati rivojlangan davlatlarda industrial kapitalizm borasidagi marksistik iqtisodiy-siyosiy qarashlar o‘z kuchini yo‘qotmoqda. 1976 yil u shunday yozgan edi: “Tarixiy taraqqiyotga proletariatning partiya ta’limoti asosida mutlaq g‘alabasi sifatida qaraladi (partiya tomonidan amalga oshirilgan qatag‘onlar “proletariat diktaturasi” nomi bilan oqlanadi), bu dogmani proletariat postindustrial jamiyatning asosiy sinfi bo‘lib qolmaguncha mahkam ushlab turadi. Proletariat bu jamiyatda asosiy sinf bo‘lib qolarmikan?”80

Mehnat jarayonida o‘z ta’sirini o‘tkazadigan tabiat ashyolari mehnat omillari hisoblanadi. Inson mehnatining umumiy ashyosi tabiat va er hisoblanadi. Kishilar o‘zlariga kerak bo‘ladigan hamma narsalarni ana shular ichidan tanlab oladi va ularni ham hom ashyo, yarim fabrikat sifatida qayta ishlab foydalanadilar.

Fan-texnika inqilobining taraqqiy etishi bilan yangi mehnat ashyolarini hosil qilish imkoniyati yaratildi. Lekin shunda ham er, tabiat kishilik jamiyatining birinchi asosi bo‘lib qolaveradi. Demak, buyuk iqtisodchi U.Pettining “Mehnat boylikning otasi va u faol prinsipidir, er esa uning onasi”81 degan iborasi o‘z isbotini to‘la saqlab qoladi.

D.Bell fikricha, postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlariga “nazariy bilimlarning markaziy roli” kiradi. U o‘z qarashlarini shunday ifodalaydi: “Har bir jamiyat doim tajriba va bilimga tayangan. ...Bizning davrimizda, nazariy izlanishlar va moddiyatshunoslikning natijalarini tizimlashtirish texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, oxirgi yuz yillikning nimchoragida - sanoatning bilim talab qiladigan yangi sohalari – kompyuterlar, elektron, optik texnikalar, polimerlar ishlab chiqarishda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi”82. Demak ilmiy bilimlar va texnologiyalarham iqtisodiy taraqqiyotning omillari hisoblanadi. SHuningdek “XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan ilmiy-texnika inqilobining asosiy texnologik yutuqlari ilm-fanni, bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylantirdi. Ilmiy bilimlar tizimi sekin-asta jamiyat farovonligining ortishini belgilovchi omillar bo‘lgan tabiiy resurslar, homashyo, mehnat va kapital kabi an’anaviy manbalariga qaraganda, ustuvor omilga aylandi. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, tobora zamonaviy ilm-fanning asosiy sohasiga aylanmoqda va bunda ilm-fan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jadal rivojlanayotgan texnika va ishchilarning yuksalib boruvchi kasbiy bilimlariga aylanmoqda”83.

Inson nimaniki yordamida mehnat ashyosiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, shu narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Unga birinchi navbatda mehnat qurollari kiradi: har-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar.

Mehnat qurollarining takomillashib borishi tabiatga insonning hokimlik darajasining o‘lchovi ishlab chiqarish taraqqiyotining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ancha keng ma’noda mehnat taraqqiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmasada, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish inshootlari, turli axborot vositalari, aloqa kanallari ham mehnat vositalari hisoblanadi.

Mehnat vositalari va mehnat ashyosi birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.

Demak ishlab chiqarish jarayonining ro‘y berishi uchun ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi shart. SHundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning omillari deganda: ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari tushuniladi.

Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birlashishi, iste’mol qilinishi zarur.

Ish kuchi ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va uning asosiy birdan-bir yaratuvchi elementidir. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi.

Ishlab chiqarishning ikkala omili fan-texnika inqilobi ta’siri natijasida takomillashib boradi. Ishlab chiqarish vositalari va inson mehnati bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi.

Ish kuchi ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, buning natijasida mehnat jarayoni ro‘y beradi. Faqat insongina ishlab chiqarish vositalarini yaratadi va ulardan foydalanish usullarini aniqlaydi, huddi ana shu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar tizimida shaxsiy va moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqlikda umumiy yo‘nalishini tashkil etadi.

Hozirda ishchi kuchi iqtisodiy taraqqiyotning bosh omili sifatida e’tirof etilmoqda. SHvetsiyalik iqtisodchilarning quyidagi fikrlari, ayniqsa diqqatga sazovor. “Barcha narsani iste’dod va vaqt hal qiladigan yangi davr keldi..., - deb yozadi K. Nordstrem va Y. Ridderstrale, - Ishlab chiqarish uchun eng muhim resurs botinkalarda yurib, har kuni soat 5 da ish joyini tark qiladi.84Ularning fikricha, hozirda vaqt tig‘izlashib, oniy lahzalar bilan uyg‘unlashmoqda. Inson egalik qiladigan bilimlar eskirib, kerakli yangi tajribalarga talab oshmoqda. Axborotga egalik qilish hech narsa bermasa ham, biroq undan foydalana bilish dunyo ustidan hukmronlik qilishga imkon bermoqda. Stokgolm iqtisod maktabining ikki professori ishi bejizga bestseller darajasiga etgani yo‘q. YAngi dunyoga oddiy qarash va paradigma o‘zgarishlarini qayd etish ularga shon-shuxrat va omad keltirdi. “Fanki-biznes kelajakda ko‘pdan ko‘p savollar yuzaga kelishini va bu savollarga yanada kam standart javoblar bo‘lishini ifodalaydi. Eynshteyn nohaq bo‘lgan. YAxlit nazariya bizni qutqarmaydi, dunyo ustidan hilma hillik hukmronlik qiladi”.85

Muayyan davrda ish kuchiga ega bo‘lish kerak bo‘lgan xususiyatlar qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish vositalari va o‘zlashtirilgan texnologiyalarning holati bilan ham belgilanadi. Mana shu ichki ziddiyatlar birligi orqali ishlab chiqarish omillarining bir biriga mos kelishining mohiyati namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro mos kelishi tabiatan turg‘un emas, balki o‘zgaruvchandir.

YAngi texnika va texnologiya hech qachon o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi, ularni insonlar ijod qiladi, biroq ilg‘or mehnat vositalari va texnologiyalari ishlab chiqarishda keng tarqalgandan so‘ng ishchi kuchining umumiy holatini yangi talablar darajasiga ko‘tarish kerak bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining oddiy yig‘indisi emas, chunki ular o‘zaro ta’sir qiluvchi murakkab tizimni hosil qiladi. Har qanday bir butun tizim esa uning elementlarining oddiy yig‘indisidan sifat jihatdan farq qiladi. Ishlab chiqarishning samarali bo‘lishiga texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish ta’sir qiladi.

Texnologiya ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifoda etgan holda fan yutuqlariga asoslanib mehnat ashyolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonlar ashyolarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini o‘zlashtirib, progressivroq bo‘lgan texnologiyani joriy qilish natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish sirlarini bilib oladilar, bu esa ish kuchiga, ishchining malakasini oshirishga yangidan-yangi talablar qo‘yadi. Ushbu jarayon esa ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan uning omillari qiyofasi, fe’li va o‘zaro ta’siri ham o‘zgarib boradi.

Hozirgi ishlab chiqarish jarayonida energiya va axborotning ahamiyati oshib boradi. SHubhasizki, qudratli energiya manbaalarini o‘zlashtirmasdan turib ish kuchi, mehnat buyumlari va vositalarining o‘zaro ta’sirini samarali bo‘lishiga erishish mumkin emas. Hozirgi ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlash birinchi darajali masaladir.

Fan-texnika inqilobi ishlab chiqarish jarayonining zaruriy omili sifatida axborotni oldinga surmoqda. Uning mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda roli beqiyosdir.

Ishlab chiqarish munosabatlarida mulkchilik alohida o‘rin egallaydi (uni “mulkchilik munosabatlari” sifatida ifodalaydilar). Mulkchilikning ikki turi mavjud: iqtisodiy va ma’naviy mulkchilik. Iqtisodiy mulkchilik munosabatlari huquqiy maqomga ega bo‘lib, u huquqiy aktlar bilan mustahkamlanadi. Mulkchilikning alohida shakli ma’naviy intellektual mulkchilikdir: san’at asarlari, ilmiy kashfiyotlar va h.k.86 Gegelning ta’kidlashicha: “SHaxsiy farovonlikka egalik qilishim uchun mening ichki qarashim va hoxishimning o‘zi etarli emas va bunday farovonlikka erishishim uchun, bunday qo‘lga kiritilgan farovonlik boshqalar tomonidan ham tan olinishi kerak”87. Bu erda gap davlatning mulk egalarini, aniqroq qilib aytganda, xususiy mulkchilikni himoya qiladigan xukuqiy tuzilmalari haqida ketmoqda. Mulkchilikning turli shakllari va uni himoya qiluvchi huquqiy mexanizmlar iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida maydonga chiqadi.

Insonlar o‘z muammolarini tabiat kuchlaridan foydalangan holda hal qilishlari mumkin edi. Buning uchun esa jamiyat iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, unda yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarni hal etish uchun muassasaviy strukturalar va muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni topishi, ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratuvchi va pirovard natijada undan foydalanish zarurdir. Ikkinchi tomondan muassaviy strukturalar, muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar bir biridan farq qilishi mumkin, binobarin iqtisodiy tizimlar turlicha bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiy tizim – jamiyat oldida turuvchi iqtisodiy muammolarni hal etish usullari, mexanizmlari va vositalari yig‘indisidir. Ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va birgalikda harakat qiladi. Uning tarkibiga ishlab chiqaruvchi kuchlar kiradi. CHunki tabiat resurslari inson xizmatiga jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari orqali qo‘yiladi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning tarkibiy qismi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:



  • Ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi;

  • Ilmiy bilimlar;

  • Mehnat vositalari;

  • Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi;

  • Iqtisodiy ishlab chiqarish infrastrukturasi.

SHunga alohida etibor berish zarurki, ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘z tarkibi va vazifalari nuqtai nazaridan hamma iqtisodiy tizimlarda bir xilda bo‘ladi va rivojlanish darajasi jihatidan esa farq qiladi.

Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat bilan munosabatga kirishibgina qolmaydi, shu bilan birga bir-biri bilan munosabatga kirishadi, bunday munosabatlar iqtisodiy munosabatlar deyiladi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy tizimlar har-xil mezonlarga asoslanib turlicha farqlanadi. Xususan, Marks ta’limotida iqtisodiy tizimlar formatsiya deb qaralib mulkiy va sinfiy mezonlar asosida uning besh turi, ya’ni ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm farqlanadi.

AQSH olimi U.Rostou asos solgan “rivojlanish bosqichlari” nazariyasida jamiyatning ikki, ya’ni an’anaviy va industrial tipi ajratildi. SHunga asoslanib iqtisodiy rivojlanish an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, yangi turmush sifati bor jamiyat bosqichlari ajratiladi. Ushbu nazariya tizimlarni farqlashda ishlab chiqarish kuchlarining darajasini mezon qilib oladilar.

K. Makkonell va S. Bryular “hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy tizim asosan ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shakli va iqtisodiy faoliyatni boshqarish va muvofiqlashtirish usuli bilan farqlanadi”88, deb hisoblaydilar.

SHunga asoslanib ular iqtisodiy tizimlarning sof kapitalizm, buyruqbozlik, aralash va an’anaviy shakllarini farqlaydilar. Bozor iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm iqtisod tizimida resurslarga xususiy mulkchilik mavjud bo‘ladi. Tartibga solib turuvchi mexanizm sifatida bozor maydonga chiqadi. Hamma majud asosiy iqtisodiy muammolarni bozor, baho, talab va taklif, raqobat, foyda va zarar belgilaydi. Bozor iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Bunda raqobatning mavjudligi har bir mahsulot va resurslarni ko‘p sonli sotuvchi va haridorlarning mavjudligini bildiradi, binobarin buning natijasida iqtisodiy hokimiyat yoyilgan bo‘ladi. Agarda bozor o‘z mexanizmi bilan iqtisodiyotni tartibga solasa unda davlatning roli xususiy mulkni himoya etish va zarur huquqiy asosini shakllantirish orqali erkin bozorlarning harakat qilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunday iqtisodiy tizim XVII-XIX asrlarda mavjud bo‘lgan.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimida iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha davlat qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish vositalariga davlat mulki o‘rnatilgan bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyat esa markazlashtirilgan rejalashtirish vositasida boshqariladi. Unda bozor inkor etiladi, uning vazifasini markazlashtirilgan direktiv rejalashtirish amalga oshiradi. Korxonalar davlatniki hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini yuqoridan belgilanadigan reja orqali olib boradilar. Buning uchun zarur bo‘lgan resurslar esa davlat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham davlat tomonidan taqsimlanadi. O‘tgan asrning 90-yillariga qadar “sotsialistik” deb atalmish mamlakatlar ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiy tizimga asoslangan edi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot deyiladi. Agar biz real voqelikni olib qarasak iqtisodiy tizimlar ikki qarama-qarshi iqtisodiy tizimlar (sof kapitalizm va ma’muriy-buyruqbozlik) o‘rtasida joylashgan bo‘lib, aralash iqtisodiyot deyiladi. U asosan resurslarga, turli xil mulkchilikka asoslanadi. Iqtisodiy faoliyat esa qisman bozor, qisman davlat orqali tartibga solinadi. Bunday iqtisodiyot hozirda hamma rivojlangan davlatlarda mavjud.

SHvetsiya iqtisodiyoti modelini olsak, unda iqtisodiy barqarorlik va daromadlarni qayta taqsimlashda davlat faol qatnashadi. Ushbu tizimning asosini iqtisodiy-siyosat tashkil etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yuqori soliqlar belgilangan. Soliqlar yalpi milliy mahsulotning 50%ini tashkil etadi. Buning natijasida bu mamlakat aholisining yashash darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqoridir.

AQSH iqtisodiyotida davlat “iqtisodiy o‘yin” tartiblarini, maorif tizimini rivojlantirishda, biznesni tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Avvalo iqtisodiy faoliyatga tegishli bo‘ladigan qarorlar bozordagi ahvol, unda bahoning shakllanishidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.

Aralash iqtisodiyotning ustun tarafi shundan iboratki, u resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarishning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Ko‘pgina sust rivojlangan mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiy tizimlar mavjud. Unda ishlab chiqarish texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni tadbiq etish cheklangandir, chunki ular an’analar bilan to‘qnashib ijtimoiy qurilmaning barqarorligiga havf soladi. Diniy va madaniy qadriyatlar nisbatan birlamchi hisoblanadi. Jamiyat oldida turuvchi muammolar o‘sha an’analar, urf-odatlar asosida hal etiladi.

SHuni ham ta’kidlash zarurki iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof etilgan yo‘li mavjud emas. SHuning uchun har bir davlat o‘zining rivojlanish darajasi hususiyatidan kelib chiqqan holda resurslarni samarali ishlatish usullarini ta’minlashga harakat qiladi.

SHunday qilib, jamiyat moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beruvchi iqtisodiy taraqqiyot ro‘y berishi uchun kerakli omillar va shart-sharoitlarning mavjudligiga zarurat yuzaga keladi. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • Mehnat: mehnat samaradorligining yuqoriligi, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish (inson omili);

  • Ish kuchi: malakali va yuqori salohiyatga ega ishchilar, ularning malakasini muntazam oshirib borishga e’tibor qaratish (inson omili);

  • Mehnat qurollari va texnologiyalar: ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash, texnologik innovatsiyalarni ishlb chiqarish jarayoniga keng tadbiq etish (texnologik omil);

  • Ilm-fan: ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va boshqarish, yangi resurslarni qidirib topish, moddiy ashyolarning noma’lum xususiyatlarini kashf etish borasidagi ilmiy nazariyalar (ilm-fan omili);

  • Mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish (siyosiy-huquqiy omil);

  • Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish siyosatini izchil olib borish (siyosiy omil).

Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozor asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institut hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotning o‘ziga hos generatori vazifasini bajaradi. Iqtisodiy hayotni bozorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarish iste’molsiz mavjud bo‘lmaydi, ishlab chiqarishsiz esa iste’mol bo‘lmaydi. Har ikki jarayonning birligi bozor bilan taqozolangandir.

Bozorning jamiyat uchun zarurligi borasidagi qarashlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Hususan, Aflotun bozorning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuqori baholagan. Har qanday sharoitda ham inson bozorga ehtiyoj sezishini ta’kidlab, hattoki, “agar muayyan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti bilan bozorga kelib, unga xaridor topmasa, vaqtini behuda sovurgan bo‘ladimi?”, degan savolga “Yo‘q, - deydi Aflotun, - ushbu ahvolni ko‘rib, unga o‘z xizmatini taklif qiladigan odamlar topiladi... Ular bozorda pulga nimanidir xarid qilishni ... va uni yana pulga ayirboshlashni kutib o‘tiradilar”89.

Avvalo bozor insoniyat madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Tarixan olib qaraganda bozorning yuzaga kelish genezisi bir qaror omillar bilan bog‘liq holda kechgan. Inson hamisha, hatto o‘zining eng quyi taraqqiyot bosqichi – ibtidoiy sharoitda ham faqat o‘zi uchungina mehnat qilmagan. U jamiyat a’zosi, uning mehnat ayirboshlash mexanizmi orqali boshqalarning mehnatiga bog‘lanib ketgan. Mehnat taqsimoti, uning yangi shakllari bu bog‘liqlikni yanada zaruriyroq qilib boradi. Mehnat natijalarini ayirboshlashga erishish insoniyat tarixida juda katta inqilobiy o‘zgarish edi. Mashhur fransuz tarixchisi Fernan Brodel mahsulot ayirboshlashni haqli ravishda ozodlik, yorib o‘tish, boshqa dunyoga erishish imkoniyati bilan tenglashtiradi. Dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan – chorvachilikdan dehqonchilik ajralib chiqqanidan keyin, ayirboshlash tasodifiy hodisadan doimiy jarayonga aylandi. O‘sha vaqtlardayoq qiymati bir qator tovarlar qiymatiga muqobil bo‘la oladigan tovarga zarurat paydo bo‘lgan edi. SHunday qilib pul paydo bo‘ladi. Umuman, bozor madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishida bizning zaminimiz – Turkistonning muhim va betakror xizmati bor. Bu haqda tarixiy va madaniy yodgorliklar dalolat beradi. Markaziy Osiyodagi Amu va Sirdaryolarning etaklari buyuk Nil, Dajla, Efrat, Xuanxe va Gang daryolari oqimlaridek, qadimiy madaniyat beshiklaridan hisoblanadi. YAna shuni ham e’tiborga olish kerakki, Turonzamin bir tomondan Mesopotamiya va Eron, ikkinchi tomondan Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa edi.90.

Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozorning asosiy institut sifatida ko‘rsatgan maktablardan biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga asos solinishida bo‘lgan. A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o‘lchanishini va buni muvofiqlashtirishda iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi.

A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil ish tutib, o‘z manfaatini ro‘yobga chiqara borib, pirovard natijada “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” vositasida, o‘zi ko‘zlamagan holda maqsad sari yo‘naltiradi. U o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha o‘zi ongli tarzda intilganiga nisbatan jamiyat manfaatlariga ancha ko‘proq samarali tarzda xizmat qiladi”91.

SHunday qilib, A.Smitning fikricha, iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi, bu – bozordir, millat boyligi ortishining asosiy sharti – insonga uning iqtisodiy faoliyatida erkinlik berishdan iboratdir.

Neoliberalizm oqimining taniqli namoyondasi amerikalik iqtisodchi M.Fridman iqtisodiy erkinlik himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Uning fikricha, bozor tizimidan iqtisodiy erkinlikni ajratib bo‘lmaydi. SHuning uchun u buyruqbozlik tizimiga nisbatan bozor tizimi hayotga ko‘proq darajada moslashuvchan, deb hisoblaydi.

Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o‘rinni egallaydi va ko‘zga ko‘rinmas kuchga ega. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.



Ehtiyoj– kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ifodalanishi “talab” tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Bozorda xaridor o‘ziga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olib, ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo kishi ehtiyojlarining qay darajada qondirilishi uning muayyan tovarga bo‘lgan talabi, aholining pul daromadlari va uning o‘zgarishiga, bozor hajmiga, bozordagi mollarning narxlariga, iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo‘lishi, tovarning sifati va narxining muvofiqligi. ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi qondirilganda daromad topadilar. YAratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni bir vaqtda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o‘tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo‘ladi. Tovar-pul munosabatlari umuminsoniy hodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog‘lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topganda bozoriqtisodiyotiga aylanishi nazariyotchilar tomonidan tan olingan.

Ishlab chiqarishda yaratilgan turli-tuman mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bozor orqali etib boradi. Bozor ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki hech bir narsa tekinga berilmaydi, uni bozorda pulga sotib olish talab qilinadi.



Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə