O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

 
 
Guruh 
muayyan belgiga, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat 
ko‘rsatishning mumkinligiga aloqador bo‘lgan ijtimoiy jamoa hisobla-
nadi. Guruhlarning tavsiflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib, 
kichik va katta guruhlarga bo‘linadi, o‘z navbatida, ular ham shartli 
                                                 
1
  . – 2001. – 30 .
 
114


 
ravishda formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga 
bo‘linadi. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni rivojlangan va 
yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga, 
uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga bo‘linadi. 
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan 
anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan ijtimoiy xususiylikni tashkil 
qiladigan real guruhlar shaklida bo‘lishi mumkin.  
Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va 
boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli 
guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritil-
gan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, 
lekin bu xildagi guruhga ajratilishi uchun asos bo‘lgan belgilariga 
ko‘ra, umumiy ijtimoiy va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin. 
Katta guruhlardagi (katta muhit) ijtimoiy-psixologik hodisalar o‘r-
ganiladi. Bunga milliy urf-odat, xarakter, turli sinf va ijtimoiy qatlam-
larga xos psixologik xususiyatlarning vujudga kelish qonuniyatlarini 
o‘rganish, shuningdek ommaviy axborot vositalari (radio, televide-
niye, matbuot, internet va boshqalar)ning kishilar jamoasiga ko‘rsata-
digan ta’siri va uning mexanizmlari, ijtimoiy qadriyat, kishilar o‘rtasi-
da modalarning vujudga kelishi va uning yoyilishi, turli-tuman mish-
mishlarning tarqalishi kabi masalalarni o‘rganish kiradi. 
Kichik guruhlar, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmagan ikki kishidan 
tortib bir necha o‘n kishini birlashtiradi. Kichik guruhlarga: oila, 
o‘quv maskanidagi guruhlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi brigada-
larni kiritish mumkin. Kichik guruh birlamchi va mikroguruh deb ham 
yuritiladi. Bu guruhda shaxsiy munosabat va aloqalar bevosita va 
mustahkam asosga qurilgan bo‘ladi. Kichik guruhning jamiyatda 
tutgan o‘rni haqida gapirganda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
1) inson bolasi o‘ziga mansub bo‘lgan guruh a’zolari bilan ijti-
moiy munosabatlarga kirishgandagina, u shaxs bo‘lib voyaga yetadi. 
Jamiyatdan tashqarida inson shaxs bo‘lib voyaga yetmaydi, jamiyat 
esa kichik-kichik guruhlardan tashkil topgan yirik ijtimoiy organizm-
dir. Shaxsga xos bo‘lgan qaysi bir xususiyatni: saxiylik yoki xasislik, 
rostgo‘ylik yoki yolg‘onchilik, kamtarinlik yoki takabburlik va shunga 
o‘xshash yuzlab xususiyatlarini olib o‘rganadigan bo‘lsak, uning bar-
chasi ijtimoiy xarakterga ega ekanligini bilamiz; 
 
115


 
2) guruh doimo shaxs faoliyatiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsa-
tib, uning xulq-atvorini nazorat qilib turadi. Shaxsning guruhda baja-
radigan faoliyati bilan tanholikda o‘zi bajaradigan faoliyati o‘rtasida 
tafovut mavjudligi eksperiment asosida o‘rganilgan; 
3) kichik guruhlarda maqsadlar va faoliyatning umumiyligi mav-
jud bo‘ladi. Birgalikda qilinadigan faoliyat guruhiy ongni paydo qi-
ladi, ya’ni ma’lum guruhga mansublik unda mavjud bo‘lgan tartib-
qoidalarga bo‘ysunish, burch, mas’uliyat, vazifalarni anglash shaklla-
nadi; 
4) kichik guruhga ta’sir etib turuvchi liderning (peshqadam) ajra-
lib chiqishi, uning tan olinishi guruh faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Qator amaliy va nazariy maqsadlar kichik guruhga xos bo‘lgan 
qonuniyatlarni chuqurroq bilib olishni taqozo qiladi. Bularga quyida-
gilar kiradi:  
a) jinoyatchilikka qarshi kurashishda va ularning oldini olishda, 
jamiyatda qonunbuzarlik va jinoyatlarni to‘ldiruvchi ijtimoiy-psixolo-
gik omillar o‘rganiladi; 
b) psixologik mos kelish masalalarini o‘rganish, qiyin, murakkab 
sharoitlarda ishlash uchun sherik tanlash masalasi; 
c) guruh tuzilishi, uning strukturasi, miqdorini bilish. Faoliyat xa-
rakteriga ko‘ra, guruh miqdori har xil bo‘lishi mumkin. 
Guruh a’zolari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar maqsad 
va xarakteriga ko‘ra barcha guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga 
bo‘lishimiz mumkin. 
Rasmiy guruhda guruhning har bir a’zolarini tutgan o‘rni, huquq 
va burchlari, qat’iy normalari, qoidalari asosida belgilab qo‘yilgan 
bo‘ladi. Shu normalar asosida shaxslararo munosabatlar vujudga kela-
di. Xizmat vazifalarini bajarish xarakteri, mas’uliyat darajasi va guruh 
faoliyatiga qo‘shgan hissasiga qarab guruhlarning har bir a’zosi o‘z 
mavqeiga ega bo‘ladi. 
Norasmiy guruhda aniq maqsadlar belgilanmagan kishilar o‘rtasi-
dagi munosabatlar esa hissiy-psixologik tuyg‘ular orqali qo‘shilgan 
bo‘ladi. Norasmiy guruhdagi munosabatlar ma’lum bir tuzilishga, nor-
malarga ega bo‘lishi ham mumkin. Agar norasmiy guruh rasmiy guruh 
ichida bo‘lsa, u 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə