O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

3. Faoliyatning asosiy turlari 
Kishi faoliyati ongli ravishda faollik sifatida uning ongi shakllana 
va rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o‘zi 
ongning shakllanish va rivojlanish negizi, uning mohiyat manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turli-
cha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’-
lum predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar 
majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamda-
gi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan tinglovchining predmetli ha-
rakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar 
soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini boyitayot-
gan bo‘ladi.  
 
107


 
Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan 
nimalarga yo‘naltirilganligiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqlana-
di. 
Tashqi faoliyat 
shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa-
hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, 
ichki faoliyat,
 bi-
rinchi navbatda, aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning 
kechishidan kelib chiqadi.  
Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirilib bor-
gan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib bo-
radi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki 
so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik 
ichida o‘zicha gapirishni o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan
o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.  
Har qanday sharoitda barcha harakatlar ham ichki psixologik, ham 
tashqi muvofiqlik nuqtai nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi. 
Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy motor harakat-
lar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatgan-
misiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi 
yetakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, 
hattoki tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir 
to‘xtamga kelolmayotganidan yoki fikrni topib, bundan mamnuniyat 
his qilayotganidan darak beradi.  
Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexa-
nizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. 
Tajribada shu narsa isbotlanganki, bunday harakatlar doimo motor 
harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘li-
shi mumkin: 
– perseptiv
, ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida 
atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi; 
– mnemik faoliyat,
narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga 
aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda 
saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati
, aql, fahm-farosat vositasida turli muammolar, 
masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
– imajitiv
, faoliyat ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasi-
da hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini 
anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
 
108


 
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan mu-
nosabatlari tizimida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va 
ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega 
bo‘ladi.  
Faoliyatning asosan uch turi mavjud: 
1) o‘yin; 
2) ta’lim; 
3) mehnat. 
Hayotning birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shaklla-
rini o‘zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlay-
di. Ulardan birinchisi 
o‘yin 
faoliyati hisoblanadi. Bola o‘z tajribasida 
qurol – buyumlar bilan bir vaqtning o‘zida boshqa turdagi buyumlar – 
o‘yinchoqlarga duch keladi. O‘yinchoqlarni ishlatishning insoniy usuli 
– o‘yin, ya’ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va 
harakatlarni ifoda etish.  
Katta yoshdagilar bolalarni o‘yinchoqlardan ana shu tarzda foyda-
lanishga o‘rgatadi. Ular bolaga qo‘g‘irchoqqa suv qanday ichirilishi, 
uni qanday qilib tebratish kerakligi, sayr qildirishni, o‘yinchoq ayiq 
bolasini qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash ke-
rakligini ko‘rsatishadi va hokazo. 
Lekin bolada o‘yinchoqqa nisbatan «haqiqiy» buyumning tasviri 
sifatida munosabatning o‘zi o‘yin faoliyatiga faqat so‘z aralashuvi 
munosabati bilan hosil bo‘ladi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin bolalarda ham o‘z faolligini 
ro‘yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko‘rsatish shakli 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu tarzda u funksional mamnunlik bilan 
bog‘liqdir. Faollikka bo‘lgan ehtiyoj uning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa, 
taqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. O‘yin faoliyatining 
o‘ziga xos tub xususiyati ana shunda mujassamlashgandir. Uning 
maqsadi o‘zining yordami tufayli muvaffaq bo‘linadigan amaliy na-
tijalarga erishishdan emas, balki amalga oshiriladigan «faoliyat» ning 
o‘zidan iboratdir. 
Shunday qilib, o‘yin bolani buyumlar va hodisalarning nutq ama-
liyotida mujassamlashgan mohiyatlarini o‘zlashtirib olishini va ushbu 
mohiyatlarni ishlata bilishni mashq qildiradi. O‘yin bajarilayotgan ha-
rakatlarni aynan jarayon sifatida anglashini rivojlantiradi, bu jarayon-
larning o‘zini o‘zi idora qilish asosida bajarilishini o‘rgatadi, pirovar-
 
109


 
dida esa o‘zini aniq harakatlar subyekti sifatida idrok etishdan moyil 
rolni bajaruvchi, ya’ni insoniy munosabatlar qiluvchi subyekt sifatida 
idrok etish darajasiga qadar rivojlanganligini anglab yetishiga imkoni-
yat yaratadi. 
Ta’lim 
insonning hayot mobaynidagi eng murakkab faoliyatlari-
dan biridir. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo‘ladigan 
vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotlarni, 
harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat-
dir. Subyektning o‘rganishni o‘ziga maqsad qilib olgan bunday o‘ziga 
xos faoliyati 
ta’lim 
deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi: 
– ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli 
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning ahamiyatli xossalari 
xususidagi axborotlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli 
bilimlardir); 
– faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va 
jarayonlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli malakadir); 
– qo‘yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga muvofiq keladigan 
usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash hamda nazorat qilish uchun 
ko‘rsatilgan axborotdan foydalanish yo‘llarining egallanishi (bu jara-
yon mahsuli ko‘nikmalar hosil qilinishidir). 
Shunday qilib, ta’lim kishining harakatlari muayyan bilimlar, ma-
lakalar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bi-
lan idora qilingan joydagina yuz beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
ta’lim o‘ziga xos insoniy faoliyatdir.  
Hayvonlarda faqatgina o‘rganish bo‘lishi mumkin. Lekin odamda 
u faqat o‘z xatti-harakatlarini anglab yetilgan yuksak xayoliy maqsad-
ga (idealga) ko‘ra yo‘naltirish layoqatiga ega bo‘lgandagina ta’lim 
faoliyati yuz berishi mumkin. Bunday layoqatning yetarli darajada 
rivojlanishiga faqat olti-yetti yoshga chiqqan paytga kelib, faoliyat-
ning oldingi turlari – o‘yin, nutq, amaliy xulq-atvor va shu kabilar ne-
gizida shakllana borgan holda erishiladi.  
O‘quv faoliyatini shakllantirishning eng birinchi sharti bolada 
muayyan bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə