O„zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti



Yüklə 311,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix20.10.2023
ölçüsü311,16 Kb.
#128472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мавзу тарих

Ma‟ruzaning maqsadi 

 
“О„zbekistonning eng yangi tarixi” о„quv fanining 
predmeti, maqsad va vazifalari, fanni о„rganishning nazariy-uslubiy asoslari, 
О„zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi, yuksak intellektual salohiyatli, ma‟naviy 
barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi 
tarixining tutgan о„rni, О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
ma‟naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning о„rni va saboqlari 
tо„g„risidagi fikrlari, talabalarga tarixni o„qitishning o„ziga xosligini tushuntirishdan 
iborat. 
Mavzuning boshqa mavzu va fanlar bilan aloqadorligi 
Ma‟ruzaning mavzusi “O„zbekiston tarixi”, “Falsafa” kabi fanlar bilan 
chambarchas bog„liq bo„lib, ushbu fandan yetarli bilim va ko„nikmalarga ega 
bo„lishini talab etiladi. 
 
REJA: 
1.Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini oʻrganishning zaruriyati. 
2.Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
3.Fanni oʻrganishning nazariy-uslubiy asoslari. 
4.Oʻzbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish masalasi. 
 
Tayanch sо„z va iboralar: 
tarix, tarix falsafasi, “Yangi Oʻzbekiston”, “Harakatlar strategiyasi”, 
“Mustaqilliklikning 30 yilligi”, “Uchinchi renessans”, fanning nazariy asosi, 
davrlashtirish, milliy gʻoya, harbiy tarix, milliy tarix, tarixiy tafakkur, tarix ilmi
milliy ruh, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashi, 
“Oʻzbekistonda tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 
 
Pedagogik texnologiyalar: 
Aqliy hujum, Pinboard, Tushunchalar tahlili. 
 
1. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini oʻrganishning zaruriyati. 
Mustaqillik yillari mohiyatan yurtimiz tarixida sharafli va oʻta mas‟uliyatli 
davrni tashkil etadi. Oʻtgan asrning soʻnggi yillari va yangi asrning boshida 
Oʻzbekiston tarixi uchun yangi rivojlanish davri boshlandi. Istiqlol yillarida 
yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirildi. 
Oʻzbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga 
asos solindi. 



Istiqlolning dastlabki yilllarida mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik 
jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli 
muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Tan olish kerakki, ularni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajriba, iroda va qat‟iyat yetmagan holatlar 
ham boʻldi. 
Shu boisdan ham soʻnggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak 
bosqichga koʻtarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish obyektiv 
zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi. 
Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, 
sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy 
manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan Qurolli Kuchlar tashkil 
etildi. Milliy valyutamiz – soʻm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz 
shakllantirildi.Qadimiy 
tariximiz, 
boy 
madaniy 
merosimiz, 
milliy-diniy 
qadriyatlarimiz, oʻzligimiz tiklandi. 
Koʻp ming yillik taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan va oʻtmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh boʻlgan oʻzbek xalqi hayotida 
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda 
xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va 
ma‟naviy sohadagi beqiyos yutuqlar Oʻzbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka 
moʻljallangan taraqqiyotiga asos boʻlib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – 
butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi 
talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan 
bogʻliqligi muhim ahamiyatga ega. 
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga koʻtarish, 
buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish obyektiv zarurat, eng muhim 
strategik vazifaga aylandi. 
Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻrganish bugungi kunning muhim 
zaruriyatlaridan biri boʻlib, bu borada Oʻzbekiston Prezidentining taklif va 
tashabbuslari, yurtimiz tarixini chuqur va haqqoniy oʻrgatish va yoshlarimizni 
bundan bahramand qilish yoʻlida amalga oshirilayotgan sayi-harakatlar oʻzining 
amaliy samarasini bermoqda.
2017-yil 30-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha 
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinib, 
unda Jamoatchilik kengashi oldiga Oʻzbekistonning eng yangi tarixini tizimli, 
haqqoniy va xolis tarzda oʻrganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va oʻquv-uslubiy 
adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi oʻrni va rolini 
koʻrsatishga qaratilgan qator vazifalar qoʻyildi. 
Shuningdek mazkur sohada tizimli va samarali ish olib borish maqsadida 
“Oʻzbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangan boʻlib, uning asosiy maqsadi sohaning 
joriy holatiga tanqidiy-tahliliy baho berish, muammolarni aniqlash, uning ta‟lim-
ta‟rbiya tizimi, axborot makoni bilan uzviy bogʻliqligini samarali yoʻlga qoʻyish 
talablaridan kelib chiqqan, ilgʻor milliy va jahon tajribasini inobatga olgan holda, 
bosh maqsadi, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olishdan iboratdir. Bu 
orqali shuningdek quyidagi masalalarni tartibga solish maqsadga muvofiq: 



oʻzbek xalqi va davlatchiligining kishilik sivilizatsiyasi tarixida tutib kelgan 
an‟anaviy yetakchi oʻrnini ilmiy jihatdan asoslab berish, jamiyatimiz va xalqaro 
jamoatchilikka uzluksiz etkazib borish; 
oʻzbek xalqi va davlatchiligining tarixiy bosqichlarini eng avvalo yurtimiz va 
mintaqada qadim-qadimdan kechib kelayotgan tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy 
jarayonlar mohiyati va oʻziga xosliklaridan, shuningdek, kishilik sivilizatsiyasi 
tajribasidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish; 
tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish; 
ilmiy darajali mutaxassislarni tayyorlashning milliy va jahon tajribasidan oʻtgan 
ilgʻor shakllarini joriy etish; 
mutaxassislarni tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda 
jamiyatning tarixiy axborotga boʻlgan kuchli ehtiyojiga koʻra tayyorlash tartibini 
bosqichma-bosqich kiritib borish; 
mutaxassislarni tayyorlashda ilmiy tadqiqot manbalari, usullari, izlanishlar 
tillarini toʻliq egallashlariga erishish; 
boy va noyob oʻtmish tajribasi asosida shakllantirilgan tarixiy tafakkur orqali 
jamiyat, ayniqsa, yosh avlodga yurtsevarlik, milliy oʻzlik, ijtimoiy mas‟uliyat, bilim, 
kasb-kor, yangilikka intilish ruhini singdirish; 
ilmiy ishlanmalar natijalarini baholash, davlat ta‟lim standartlari, davlat ta‟lim 
talablarini tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga koʻra qayta 
ishlab chiqishdan iboratdir. 
Soʻnggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilgan samarali islohotlar, uning 
dunyo hamjamiyati tomonidan tobora tan olinib borayotgani, ayniqsa xalqimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti muntazam yaxshilanib borayotgani, davlat idoralarining 
aholi bilan munosabatlardagi mutlaqo yangi tizimlar zamonaviy tariximizda 
mamlakatimizga nisbatan “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining vujudga kelishishiga 
zamin yaratdi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‟biri bilan aytganda, “…bugungi kunda 
butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib 
borayotgan “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi zamirida ana shunday ulugʻ ajdodlarimiz, 
umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uygʻonish davrlariga asos 
solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, 
adashmagan boʻlamiz”. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uygʻonish jarayoni 
kechmoqda. Shuning uchun “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari 
hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ 
maqsadlar sari ruhlantirmoqda. 
Bugungi kunda Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va 
amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon 
islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar 
samarasini ta‟minlaydigan eng muhim mezondir. 
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub‟ektiv hodisa 
emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‟naviy-ma‟rifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, 
xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob 
beradigan obyektiv zaruratdir. 



Yangi Oʻzbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida 
umume‟tirof etilgan norma va prinsiplarga qat‟iy amal qilgan holda, jahon 
hamjamiyati bilan doʻstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard 
maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat 
boʻlgan davlatdir. Yuqoridagi tarixiy jarayonlarni yoshlarimizga toʻliq yetkazib 
berish, tarixning mazkur davridagi barcha sohada amalga oshirilgan islohotlaring tub 
mohiyatini tushuntirish va ularda tarixiy tafakkurni hosib qilish muhim vazifa 
sanaladi 

Yüklə 311,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə