O„zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti


 O„zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish masalasi



Yüklə 311,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix20.10.2023
ölçüsü311,16 Kb.
#128472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мавзу тарих

4. O„zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish masalasi 
O„zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‟kidlaganidek, “o„tmishga berilgan 
baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo„lishi zarur”. 
O„zbekistonning eng yangi tarixi mustaqillikni qo„lga kiritish va O„zbekiston 
Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi 
sifatida sovet totalitar tuzumining so„nggi o„n yilligi davrida O„zbekiston uchun 
tahlikali bo„lgan 1989 yilni ko„rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa 
inqirozga yuz tutgan ma‟muriy-buyruqbozlik tizimi oqibatida insonlar hayot 
darajasining fojiali jihatlari yotar edi. O„zbekiston tarixining eng murakkab davrida 



siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi 
o„laroq, respublika manfaatlari qat‟iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va 
iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. 
Natijada 1991 yilda O„zbekiston mustaqil davlat deb e‟lon qilindi. Bu o„zbek xalqi va 
davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo„lib qoladi. 
Ikkinchidan, O„zbekistonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi 
insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga to„g„ri keldi. Bu bosqichda biz yangi 
davrga qadam qo„ymoqdamiz, ko„z o„ngimizda jahonda butunlay yangi tartib 
o„rnatilmoqda. O„zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining 
ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas 
bog„liq. 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi tarixchi-jamiyatshunos olimlar tomonidan 
O„zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo„lib o„rganish maqsadga 
muvofiq deb ko„rilmoqda: 
Birinchi bosqich (1989-1991 yillar). 
Bu bosqich Islom Karimovning 
respublika rahbari lavozimiga kelishi, O„zbekistonda mustaqillik g„oyalarining pishib 
yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‟sirida emas, balki respublikada yuzaga 
kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yo„l-yo„riqlarini qidirish hamda 
sobiq Ittifoq rahbariyatining O„zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi 
qaratilgan fitnalarining oldini olish yo„lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur 
yillarning alohida davr sifatida e‟tirof etilishida I.Karimovning O„zbekiston 
mustaqillikka erishish ostonasida asaridagi xronologik yondashuv konseptual asos 
bo„lib xizmat qiladi. 

Yüklə 311,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə