O„zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti


 “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsad va



Yüklə 311,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix20.10.2023
ölçüsü311,16 Kb.
#128472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мавзу тарих

 
2. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. 
Mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgach, shu tarixiy sanadan o„zbek 
xalqining davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. “O„zbekistonning eng yangi 
tarixi” deb ataladigan mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub ijtimoiy-siyosiy va 
ma‟naviy-madaniy o„zgarishlar, asriy orzularimizning ro„yobi, buyuk kelajak va 
farovonlik jamiyatini qurish davri bo„lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda ro„y 
berayotgan o„zgarishlarni tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan 
to„g„ri xulosa chiqarish tarixiy zaruratga aylandi. “O„zbekistonning eng yangi tarixi” 
fanining predmetini
 
sovet tuzumining inqirozi boshlangan XX-asrning 80 yillari 
oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar mamlakatimizda kechgan tarixiy jarayonlar 
tashkil etadi. 
O„zbekistonning istiqlolga erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
holati, mustaqillikni qo„lga kiritish jarayonlari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va 
rivojlanish bosqichlari, istiqlol yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
sohalardagi o„zgarishlar, xalqaro maydondagi o„rni va mavqei, tashqi siyosatda, 
ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta‟minlash borasida olib borgan 
siyosati, O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda 
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va ularning 
natijalari asosida qo„lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va 
umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur 
fanning o„rganish va tahlil qilish obyekti
 
hisoblanadi. 
Mustaqillik o„zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo„lda minglab 
Vatan fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo„lga kiritilishi 
katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va 
mas‟uliyatli vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi 
davlat chegaralarining daxlsizligi, o„sha mamlakat fuqarolarining o„z yurtiga mehr-
muhabbat bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda 
zarur bo„lsa jonini fido qilishga ham tayyor bo„lishdek oliyjanob fazilatlarga ega 
bo„lishlariga bog„liq. Bu fazilatlarni xalq, yurt kelajagi – yoshlar ongida 
shakllantirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. 
“O„zbekistonning eng yangi tarixi” fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, 
tarbiyaviy, ma‟naviy saboqlar majmuasidir va barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan 
bog„liq holda o„rganiladi. Jumladan, falsafa fani yutuqlaridan insoniyat hayotining 
ma‟no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr 
yuritganda; politologiya fani yutuqlaridan davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish 
masalalarida; iqtisodiyot nazariyasi
 
fani yutuqlaridan iqtisodiy hayotni yoritishda; 



etnologiya, o„zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan xalqimizning 
turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda foydalaniladi. Tarixshunoslik, 
manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar eng yangi tarix falsafasini chuqur 
anglab yetishga ko„maklashadi. 
Bugungi globallashuv asrida O„zbekistonning eng yangi tarixi fanini o„qitish 
yoshlar salohiyatini yuksaltirish va vatanparvarlik tuyg„ularini shakllantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning yuksak ma‟naviy darajasini shakllantirish, 
o„zligini anglash, ularni shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo„lida xizmat 
qilishga undab, fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. 
Mazkur fanning o„qitilishi jarayonida talaba fan bo„yicha mustaqillikka 
erishish arafasida O„zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning 
sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o„zgarishlarni, O„zbekistonning eng 
yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O„zbekistonning jahon 
hamjamiyatidagi o„rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi; 
Asosiy vazifa O„zbekiston tarixi fanining mantiqiy davomi bo„lgan 
O„zbekistonning eng yangi tarixi fani bo„yicha yosh avlodni millatning dardiga 
darmon bo„ladigan, yurt kelajagi uchun qayg„urib yashaydigan komil, o„z ona yurti 
bilan g„ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat. 
Vatan va xalq tarixini o„rganishda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning asarlari, maqola va nutqlari, Farmon va qarorlari, 2016-2021 
yillarda qabul qilingan Qonun va meyoriy hujjatlar ham muhim nazariy-metodologik 
asos sifatida xizmat qiladi. 

Yüklə 311,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə