O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə21/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
Faoliyat ishlanma

Faoliyatning borishi:

  1. “Bozorda” syujetli-rolli o'yinni planlashtirish;

  2. Bozor tasvirlangan suratlarni tomosha qilish;

  3. Syujetli-rollio'yin

Qo'shimcha qism: tarbiyachi kuzatadi va mavzuga doir yangi fikr berishi mumkin.
Nimalarga e'tibor qaratmoq lozim: o'yinda bolalarning o'zini tutuishiga, jamoada o'ynay olishiga.

Fan va tabiat markazi


Yaproqlarni o'rganamiz.
Maqsad:shakli, hajmi, rangijixatidan turlicha bo'lgan daraxt turlari yaproqlarini farqlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:turli daraxtlarning yaproqlari, daraxt rasmlari, daraxt nomlari yozilagan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar daraxt, barglari va nomlari ko'rinishi tasvirlangan rasmlarni tomosha qilishadi.

  2. Bolalar xaqiqiy yaproqlarni ko'rib chiqishadi.

  3. Barg, daraxt ko'rinishi va nomlanishi kartochkalarini bir-biriga bog'lab ko'rishadi.

Qo'shimcha qism:bog'chada qanday daraxtlar o'sishini aytishadi.
E'tiborga molik jihati: bolalarning kuzatish va xulosa chiqarish bilimiga, daraxtlarning o'xshashliklari va farqlarini topa olishlariga. OBJ.


San'at markazi

Kuzgi gullar va barglardan gerbariy.


Maqsad: gul va o'simliklarni uyg'unlashtira oladi, tafakkuri, nafosati, qo'l motorikasini shakllantiradi. O'z ijodiyotini chiroyli bezaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:qurigan o'simlik va gullar, rangli kartonlar, qog'oz, yelim, stepler (kattalar yordamida), ramka.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar tayyor gerbariylarni tomosha qilishadi.

  2. Markazdagi materiallarni o'rganib chiqishadi, o'z ishi uchun zarur bo'lgan materialni tanlashadi.

  3. Gerbariy yasab, kartonga maxkamlashadi.

  4. O'z ishlarini bezashadi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə