O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə20/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Faoliyat ishlanma

Kerakli jihoz va materiallar:fartuk, sabzavotlar, mevalar, taxtacha, pichoq, qo'lda ishlatadigan sharbat chiqargich, idish, oq rangli matoqiyqimlari, oq qog'oz.
Faoliyatning borishi:

  1. «Tabiatdan bo'yoqlar» mavzusidagi rasmlarni tomosha qilish.

  2. Sabzavot va mevalardan rang olish tajribasini o'tkazish.

  3. Oq rangli matoni bo'yash.

  4. Bolalar xulosa qilishadi. Xar bir rangga tegishli meva yoki sabzavotni qo'yishdan iborat jadvalni to'ldirishadi.

Qo'shimcha qism: qog'ozda tabiiy bo'yoqlar bilan ishlashga urinib ko'rishadi.
E'tiborga molik jihati: tajriba o'tkaza olishlariga va xulosa chiqara olishlariga, ish joylarini yig'ishtira olishlariga.

Qurish-yasash va matematika markazi

«Matematik boychechak» misollar yechish


Maqsad:arifmetik belgilar va raqamlar to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlashadi, ular orasida misol va masalalar yecha oladi. Dunyoqarashini boyitadi, diqqatini va xotirani jamlashni shakllantiradi. Kerakli jihoz va materiallar:misollardan iborat bo'lgan boychechak guli, matematik belgilar.
Faoliyatning borishi:

  1. To'g'ri va teskari sanash.

  2. Boychechak guli yaproqlarini tartib bilan joylashtirish.

  3. Ko'rgazmalar bilan masalalar ishlash va gulni shakllantirish.

Qo'shimcha qism: gul bilan ishlash bo'yicha Qo'shimcha qism topshiriqqlar berish.
E'tiborga molik jihati: raqamlar va miqdor to'g'risidagi bilimlarini boyitish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, son va miqdorni taqqoslash ko'nikmalarini rivojlantirish.


Syujetli – rolli o'yinlar va dramotizasiyalash markazi

«Bozorda»


Maqsad:sotuvchilarning vazifalari to'g'risida biladi, barcha meva va sabzavot nomlarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar:sotuvchi kiyimi, niqoblar, meva va sabzavotlarning qolipli tasviri, o'yinchoq pullar, tarozi..

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə