O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish


Qog'oz qutidan «qushlar uchun donxo'rak» yasash



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə19/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Faoliyat ishlanma

Qog'oz qutidan «qushlar uchun donxo'rak» yasash


Maqsad:karton qog'ozlardan donxo'rak yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so'zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar:turli hajmdagi qog'oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o'ram qog'oz, yoki bo'yoqlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil donxo'raklar rasmlarini tomosha qilishadi.

  2. Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.

  3. Donxo'rakni yasash va o'rash.

  4. Donxo'rakning taqdimoti.

Qo'shimcha qism:mustahkamroq donxo'rakchalarni hovlidagi daraxtlarga o'rnatish.
E'tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, donxo'rakning funksional va xavfsizligiga.

Til va nutq markazi


Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar.
Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo'lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Jihoz va materiallar:topishmoq va tez aytishlar bo'yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Qushcha» barmoqlar gimnastikasini o'ynab olish;

  2. Bolalar bir-birlariga topishmoq aytishadi;

  3. AKT yoki rasmlarga qarab ishlash;

  4. Tez aytishlarni takrorlash va butun jamoa bilan o'qish.

Qo'shimcha qism: bolalar kuz xaqida qiziqarli hikoyalarni eslab olishadi.
E'tiborga molik jihati: topishmoq va tez aytishlarni to'g'ri talaffuz qilinishiga; do'stlarini tinglay olishiga, tabiatga e'tibor va muxabbatining shakllanishiga.


Fan va tabiat markazi

«Tabiiy bo'yoqlar»


Maqsad:sabzavotlarning ajoyib xususiyatlari bilan tanish (lavlagi, sabzi, apelsinlarning),bo'yoq ranglarini ajratadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə