O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish


Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə71/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Faoliyat ishlanma

Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu: “Xaydovchi va piyoda” o'yini.
Maqsad: Yo'l xarakati qoidalariga rioya qiladi, yo'l xarakati ishtirokchisi sifatida qoidalarga amal qiladi, yo'lda qanday xarakatlanishni biladi, xaydovchi kasbi va uning mashaqqatlari bilan tanishib bilimlari oshadi.
Kerakli jihozlar: mashina ruli va svetofor maketi, piyodalar o'tish joyi maketi, yo'l belgilari maketlari.
Faoliyatning borishi:

  1. Markazdagi mavzuga oid barcha jixoz va rasmlar bilan tanishish.

  2. Mavjud yo'l belgilarini nima vazifa bajarilishi xaqida do'stlari bilan o'zaro suxbat.

  3. O'yinni taxminiy rejalashtirish.

  4. Rollarni tanlab olish.

  5. Qaxramonning kiyimlarini kiyish.

  6. O'yin faoliyatini boshlash.

  7. O'yin yakunida o'z xato va kamchiliklarini taxlil qilish.

Qo'shimcha: O'yinga qo'shimcha vazifalar qo'shib uni murakkablashtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Tarbiyalanuvchilarning yo'l xarakati qoidalarini qay darajada bilishlari, yo'lda xarakatlanishdagi xato va kamchiliklariga, yo'l belgilarini qanday ma'noni anglatishini bilishlariga va unga rioya qilishlari.


Til va nutq.
Mavzu: “Inson gigiyenasi” mavzusida ko'rgazma va rasmlarni tomosha qilish va nutqini rivojlantirish.
Maqsad: Shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi, qo'l-yuz va tishlarini to'g'ri ketma-ketlikda mustaqil yuvish va artishni biladi, ozodalik va tartibga rioya qiladi.
Kerakli jihozlar: Inson gigiyenasiga oid suratlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu asosidagi ko'rgazma suratlarni tomosha qilish.

  2. Suratdagi xolatlarni taxlil qilish.

  3. Tomosha qilish orqali o'ziga xulosa chiqarish.

  4. Shu kunga qadar o'z shaxsiy gigiyenasiga to'g'ri rioya qilgan, qilmaganligini taxlil qilish va ko'rgazmadagi xolatlar bilan taqqoslash.

  5. O'z oldiga maqsad qo'yish.

  6. Rasmlar asosida o'z fikrlarini do'stlashish.

Qo'shimcha: Gurux yuvinish xonasida tarbiyalanuvchilarni qo'l, yuz yuvish qoidaliriga rioya qilgan xolda yuvinishni taklif etish va bu jarayonni doimiy ravshda takrorlashni bola ongiga singdirish. Ifloslangan qo'llarni yuvmasdan ovqatlanish natijasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xolatlar tasvirlangan rasm, videoroliklarni bolalarga namoish etish va tushuntirishsh.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarga shaxsiy gigiyenadan foydalanish malakasining shakllanganligiga, berilgan ma'lumotlarga rioya etayotganligiga.
Fan va tabiat.
Mavzu: “Suv muolajalari”.
Maqsad: Suv muolajalarini mustaqil bajarish ko'nikmalari shakllangan, sezuvchanlik hislari shakllangan. Suv muolajalarining foydalarini biladi.
Kerakli jihozlar: Idishda suv, sochiq, suv muolajalarini qanday ketma-ketlikda tashkil etish tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlar orqali muolajalarni qanday olib borish tartibi bilan tanishish.

  2. Idishdagi suvga sochiqlarni botirib olish.

  3. Sochiqlarni nam xolatgacha siqish.

  4. Ustki kiyimlarini yechish.

  5. Sochiq bilan badanni artish.

  6. Turli xaraktlar bilan tanani sochiq yordamida uqalash.

  7. Muolajadan so'ng badandagi qizish, qizarishlarini kuzatish.

  8. Bajarilgan ishni tahlil qilish.

Qo'shimcha:Chiniqtirishning boshqa usullari bilan tanishtirish va birgalikda chiniqtirish muolajalarini o'tkazib ko'rish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Xaraktlarni to'g'ri bajarishiga, mustaqil ravshda o'z-o'ziga xizmat qilish malakasining qay darajada shakllanganligi.
San'at markazi.
Mavzu: “Maymun va fil uchun posilka yuboramiz” loy ishi.
Maqsad: Posilka nima ekanligini biladi, posilka yuborish qoidalari bilan tanish, posilkada nimmalar bo'lishi mumkinligi xaqida ma'lumotga ega. Ijodkorlik qirralari kengayib boradi, atrofdagilarga mehr va oqibatli bo'lish malakalari shakllanib boradi. Posilka, banderol, muxr, marka, indeks kabi yangi so'zlarni biladi.
Kerakli jihozlar: Tayyor ko'rinishda posilka namuna sifatida. Quti, loy, xamir, plastilin, rangli bo'yoqlar, lenta, muxr.
Faoliyatning borishi:

  1. Namunani kuzatish.

  2. Kerakli jihozlar tanlash.

  3. Posilkada yuborilishi uchun biron bir buyumni tanlash.

  4. Tanlangan buyumni yasash.

  5. Tayyor bo'lgan buyumni qutiga joylashtirish.

  6. Qutini lentalar bilan maxkamlash.

  7. Quti ustiga kim uchun va kimdan ekanligi xaqidagi ma'lumotlarni qoldirish.

  8. Qutini muxrlash.

  9. Pochta burchagiga olib borish.

Qo'shima qism: Videorolik yoki slaydlar orqali pochta orqali posilkani qay tarzda jo'natishini kuzatish.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Qurish-yasash, ijod qilish, erkin fikrlash, vazifani qabul qila olish qobilyatlariga.
San'at markazi.
Mavzu: “Kaftlarimizdan bayram archasi” apilikasiya.
Maqsad: Tasviriy faoliyatning yangi turlaridan xabardor, mo'ljalni to'g'ri oladi, qirqish va kerakli joyga yopishtirish malakasi ortadi. Jamoada ahil va tengdoshlarini xurmat qiladi.
Kerakli jihozlar: Namuna, vatmn, qaychi, rangli qog'ozlar, qalamlar, yelim, munchoqlar, tasmalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Namunani ko'rish.

  2. Kerakli jihozlar tanlash.

  3. Rangli qog'ozlarga kaftlarini tushirish.

  4. Tushirilgan kaftlarni kesib olish.

  5. Tayyor bo'lgan kaftlarni archa ko'rinishida vatmnga yelimlash.

  6. Archaning qolgan qismlarini chizib olish.

  7. Archaga shakl va bezaklar berish.

  8. Tayyor ishni do'stlari bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: Turli xildagi chiqindi buyum yoki matolardan “Archa” yasash va tayyor ishlar jamlangandan so'ng o'rmon maketini gurux tabiat burchagida yaratish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Maqsadga erishishda qiyinchiliklarni yengishi, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida nafislikka, bajarilayotgan ishning xaqiqatga qanchalik yaqin va o'xshata olish malakalariga.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə