O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə19/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
8-B

3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
46. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
47. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi hamda uning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
4-§. Vazirlik hay’ati
49. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
50. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rgan holda hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
joylarda maktabgacha ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
51. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
52. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
53. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
54. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.
55. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə