O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə20/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
8-B

8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
56. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
59. Vazirlik quyidagi manbalardan:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik markaziy apparati hamda Maktabgacha ta’lim direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutini moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy bo‘linmalar, ularga tegishli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari — mahalliy budjetlar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(59-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
60. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
61. Vazirlik xodimlariga oylik ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
(10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Vazir Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
64. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə