O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə22/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8-B

2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
maktabgacha ta’limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o‘yin va o‘yinchoqlar sonini ko‘paytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
xorijiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg‘or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.
9. Institut unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish hamda maktabda o‘qishga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni tubdan oshirish, har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy kamol toptirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan kurslarni tashkil etish;
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
mutaxassislik bo‘yicha va maktabgacha ta’limni boshqarish sohasida rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini oshirish;
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlari va variativ dasturlarni ishlab chiqish;
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlar olib borish, ta’lim menejmenti bo‘yicha yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni tayyorlash;

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə