O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə24/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8-B

3-bob. Institutning huquqlari
10. Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
maktabgacha ta’lim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar hamda qo‘llanmalar tayyorlash va nashr etish;
aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo‘lmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;
kafedralar va bo‘limlarni o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va bo‘limlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
professor-o‘qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda rag‘batlantiruvchi ustamalar tayinlash;
Institut xodimlarini yuksak mehnat ko‘rsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur bo‘lsa shartnomalar asosida);
qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan kurslar tashkil etish;
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
xodimlarni o‘qitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg‘or metodikalarni o‘rganish bo‘yicha tajriba orttirishga yuborish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;
o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə