O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə20/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

11-MASHG‘ULOT


Mavzu: “T” tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
T” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.

  • Vazifalar:

  • T” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • T” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

  • Rasmlarni tekis shtrixlashga o‘rgatish.

  • Kutilayotgan natijalar:

  • T” tovushi to‘g‘ri talaffuzini bilib oladilar.

  • T” tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.


Kerakli jihozlar:

  • T” tovushi bor suratlar

  • baliq, choynak, kapalak, o‘rdak, quyon, ayiq rasmlarining ichki qismini namuna tarzda tekis shtrixlangan ko‘rinishda

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil boladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “T” tovushi bilan tanishamiz.
Tovuq so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Tovuq. Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: T-t-t-o-vuq, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: To-o-o-vuq 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: To-v-v-v-uq 3- to‘rtburchak chiziladi: — Tovuq so‘zining modeli hosil bo‘ladi.
-Bu so‘zda biz tanimagan qaysi tovush bor? (“T” tovushi)
- Demak biz “T” tovushi bilan tanishamiz. Kelinglar hammamiz “T” tovushi birgalikda talaffuz qilamiz.
- Tarbiyachi “T” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashadi, ammo birikmaydi, “T” tovushi unli “a”, “o”, “i”, “u” tovushlari bilan birgalikda talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolaga tiralib turadi, “T” tovushi “ya”,”e”, “yu” unli tovushlari bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlarga tegib turadi, yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, tomoqning orqa devoriga tiraladi va burun yo‘llarini yopadi, buning natijasida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiq bo‘lib, tovush jaranglamaydi.
T” undosh tovushlar sarasiga kiradi. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
T” tovushining so‘z boshida (tom, tuya, tulki, tovuq), o‘rtasida (ota, mitti, manti), oxirida (ot, tut) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “T” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə