O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə28/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:

  • R” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilishni bilib oladilar.

  • R” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • R” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “R” tovushi bilan tanishamiz.
Bunda “R” tovushini bo‘g‘in asosida o‘rgatishga e’tibor beriladi.
Tarbiyachi: Bolalar, it qanday irillaydi?
Bolalar: -ir, ir deb irillaydi.
Tarbiyachi: qurbaqa-chi, qurbaqa irillaydimi?
Bolalar: Yo‘q, qurbaqa qurillaydi.
Tarbiyachi: qurbaqa qanday qurillaydi?
Bolalar: qurbaqa «qur-qur» deb qurillaydi.
Tarbiyachi itning irillashi va qurbaqaning qurillaganidagi so‘nggi tovush “R”ni ayirib, cho‘zib talaffuz qiladi. “R” tovushini talaffuz etilganda quyidagilar sodir bo‘ladi:
lablar sal ochiq, harakatsiz bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, ammo tegmagan, til uchi alveolalarga ko‘tariladi va titraydi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, havo oqimi esa og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan, tebranib tovush hosil bo‘ladi.
R” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
R” tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
R” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
R” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “R” tovushining so‘z boshida (randa, rubob), o‘rtasida ( a-ri, arra), oxirida (a-nor, Ab-ror) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “R” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə