O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə24/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:

  • B” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi.

  • Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chiza oladilar.

  • Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “B” tovushi bilan tanishamiz.
Ba-liq so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Ba-liq Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: b-b-b-a-liq, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: B-a-a-a-a-liq 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Ba-l-l- l-iq. 3- to‘rtburchak chiziladi: — Baliq so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (b tovushi) Bugun siz “B” tovushi bilan tanishasiz. “B” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
B” tovushini talaffuz etganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar tinch holatda birikkan bo‘lib, havo chiqishi bilan birdaniga ochiladi, tish qirralari orasidagi masofa va tilning holati “B” tovushidan keyin keladigan unli tovushga bog‘liq bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi. Havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush boylamlari birikkan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.
Aytilganlardan xulosa qilib, “B” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “B” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
B” tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
B” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
B” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “B” tovushining so‘z boshida (bo`ri, baliq, bino), o‘rtasida ( bo-bo, bul-bul, ta-bib), oxirida (ta-bib, To-lib) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “B” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.
B” tovushi undosh tovushlar sarasiga kiradi.CHunki bu tovushni talaffuz qilayotganimizda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi. Lablar yumilib, so‘ngra ochiladi. Qo‘y qanday mo‘raydi? kabi savollar bilan bolalarning “B”tovushi haqidagi tasavvurlari oydinlashtiriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə