O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə32/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:

  • D” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “D” tovushi bilan tanishamiz.
Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari
Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
D” tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
D” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “D” tovushining so‘z boshida (don, deraza, dutor), o‘rtasida ( O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə