O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə40/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:

  • G” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • G” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

  • Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “G” tovushi bilan tanishamiz.
Gilos so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Gilos men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: G-g-g-i-los, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Gi-i-i-los 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Gi-l-l-l-os 3- to‘rtburchak chiziladi: — Gilos so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“G” tovushi) Bugun siz “G” tovushi bilan tanishasiz. “G” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
G” tovushini talaffuz etganda: lablar bir oz ochiq,harakatsiz bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan bo‘ladi, ammo birikmaydi, “G” tovushi unli “a”, “o”, “u”, “i” tovushlari bilan birikib, talaffuz etilganda til uchi pastga tushgan bo‘ladi va pastki kurak tishlaridan itarilgan, til kuragining orqa qismi yumshoq tanglay bilan birikadi. “G” tovushi ya, e, yo, unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda, til uchi pastga tushadi va pastki kurak tishlarga tegib turadi, til kuragi esa qattiq tanglayga bosiladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘ladi, buning natijasida burun yo‘llari yopilib, o‘pkadan chiqayotgan havo og‘izdan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.
Demak, “G” undosh tovush ekan. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
G” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. g tovushining so‘z boshida (gilos, gul, gulxan), o‘rtasida ( ilgak, Urgut, tugma, Nigora), oxirida (barg, eng, bodring) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “G” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə