O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə38/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

21-MASHG‘ULOT


Mavzu : “E” tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
E” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
Vazifalar:

  • E” tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • E” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

“Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlar chizamiz” o‘yini
Kutilayotgan natijalar:

  • E” tovushi va “Ee” harflarini bilib oladilar.

  • E” tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • E” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • “Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlar chiza oladilar.


Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi nutq tovushlari talaffuz xususiyatlariga ko‘ra necha guruhga bo‘linishi haqidagi bolalar bilimini savol-javob orqali aniqlaydi:
— Tovushlar talaffuziga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
(Ikkiga)
—Unli tovushga xos xususiyatlarni ayting.
—Undosh tovushga xos xususiyatlarni ayting.
Bolalar hosil qilgan bilimlarini eslaydilar.
E” tovushi bilan tanishtirish
Tarbiyachi xattaxtaga Echki, Eshak, etik rasmini (yoki mulyajini) qo‘yadi. bolalardan e tovushi bilan boshlanadigan co‘zlarni ajratib aytishlarini so‘raydi. Unda “E” tovushining o‘rni belgilanadi. Endi “E” harfi o‘rtasida kelgan so‘zni so‘raydi: Oybek, Otabek va h. z. Bularning ham bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi, “E” harfining o‘rni belgilanadi.
Tarbiyachi “E” tovushini avval o‘zi aytadi, keyin bolalar xo‘r bo‘lib aytadilar. “E” tovushi unli tovush ekanligi, “E” og‘izda to‘siqqa uchramayotganini, qancha cho‘zsa cho‘zilishi aytib mashq qilinadi.
E” tovushini talaffuz etganda: lablar jilmaygan(kulgan), tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, oldingi tishlar ko‘rinib turgan, tilning keng uchi pastki tish qirralariga tegib turgan, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan, burun yo‘llarini yopib turgan hamda havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadigan, tovush bog‘lamlari birikkan, tebranib tovush hosil qiladigan holatda bo‘lib turishiga e’tibor berish kerak.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə