O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə34/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

19-MASHG‘ULOT


Mavzu: “U” tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
U” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
Vazifalar:

  • U” tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • U” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.

  • U” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • U” tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • U” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • U” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladilar

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • U” tovushi bor suratlar

  • Nuqta- chiziqchalar bilan tasvirlangan tasvir

  • Mashg‘ulotning borishi:

  • 1. Tarbiyachi nutq tovushlari talaffuz xususiyatlariga ko‘ra necha guruhga bo‘linishi haqidagi bolalar bilimini savol-javob orqali aniqlaydi:

— Tovushlar talaffuziga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
(Ikkiga)
—Unli tovushga xos xususiyatlarni ayting.
—Undosh tovushga xos xususiyatlarni ayting.
Bolalar hosil qilgan bilimlarini eslaydilar.
U tovushi bilan tanishtirish
Tarbiyachi xattaxtaga Uzum, ukki, un rasmini (yoki mulyajini) qo‘yadi. bolalardan u tovushi bilan boshlanadigan meva nomlarini ajratib aytishlarini so‘raydi. Unda “U” tovushining o‘rni belgilanadi. Endi “U” harfi o‘rtasida kelgan so‘zni so‘raydi: tu-xim, tul-ki, tur-na va h. z. Bularning ham bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi, “U” harfining o‘rni belgilanadi.
Tarbiyachi “U” tovushini avval o‘zi aytadi, keyin bolalar xo‘r bo‘lib aytadilar. U tovushi unli tovush ekanligi, u og‘izda to‘siqqa uchramayotganini, qancha cho‘zsa cho‘zilishi aytib mashq qilinadi.
U” tovushini talaffuz etganda lablar oldinga naychaga o‘xshab chiqqan, tishlar birlashmagan bo‘ladi, va ular lablar bilan bekitiladi, tilning orqa qismi yumshoq tanglaygacha ko‘tarilgan, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikib va tebranib ovoz hosil bo‘ladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə