O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Tetiklashtiruvchi mashqlar



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə33/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashqlar
Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “D” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “D” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “D” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “D” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi



“Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizamiz” o‘yin-mashqi. Bolalarni chizishda qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatiladi.



Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “D” tovushi so‘zning o‘rtasida kelgan so‘zlarni ayting.
- “D” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə