O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chizdirish



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə30/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chizdirish

Kutilayotgan natijalar:

  • O`” tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • O`” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi.

  • Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chiza oladilar.

Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “O`” tovushi bilan tanishamiz.
Tarbiyachi xattaxtaga o`rik, o`rgimchak, o`rdak rasmini (yoki mulyajini) qo‘yadi. bolalardan “O`” tovushi bilan boshlanadigan meva nomlarini ajratib aytishlarini so‘raydi. Unda “O`” tovushining o‘rni belgilanadi. Endi “O`” harfi o‘rtasida kelgan so‘zni so‘raydi: bo`ri, do`ppi, qo`g‘irchoq, qo`y, qo`l va h. z. Bularning ham bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi, “O`” harfining o‘rni belgilanadi.
Tarbiyachi “O`” tovushini avval o‘zi aytadi, keyin bolalar xo‘r bo‘lib aytadilar. “O`” tovushi unli tovush ekanligi, u og‘izda to‘siqqa uchramayotganini, qancha cho‘zsa cho‘zilishi aytib mashq qilinadi.
Tarbiyachi “O‘rmon” mavzusidagi rasm ustida suhbat o‘tkazadi.
Tarbiyachi rasm bo‘yicha aytilgan bir gapni ajratib oladi.Masalan: o‘rmon- yovvoyi hayvonlar makoni. Gap analitik mashqlar asosida tahlil qilinadi: gap so‘zlarga bo‘linadi, gap ichidan o‘rmon so‘zi ajratib olinadi, uning bo‘g‘in - tovush tahlili o‘tkaziladi. Bo‘g‘in- tovush tahlil oldingi mashg‘ulotdagidek olib boriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə