O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə35/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashq
«Shamol esyapti» o‘yini
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda yarim doira shaklida o‘tiradilar, tarbiyachi shunday deydi: Biz yozda o‘rmonga sayrga bordik. Dala bo‘ylab ketyapmiz, quyosh oltin nurlarini har tomonga sochyapti, engil shamol esib o‘tlarni, gullarni tebratyapti. SHamol sekin esyapti, mana bunday: “u”-“u”-“u”, (tarbiyachi «u» tovushini sekin va cho‘zib talaffuz etadi). Mana bog‘chaga ham etib keldik, bizlar ko‘plab gullar, mevalar terdik va uyimizga qaytmoqchi bo‘ldik. Birdaniga kuchli shamol esa boshladi. SHamol qattiq guvillay boshladi: “u”-“u”-“u’... (tarbiyachi bu tovushni baland va uzoq talaffuz etadi). Bolalar tarbiyachiga taqlid qilib, engil va kuchli esayotgan shamolning ovozini takrorlaydilar.
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “U” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “U” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “U” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “U” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi



Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish



Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “U” tovushi so‘zning o‘rtasida kelgan so‘zlarni ayting.
- “U” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.

Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə