O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə36/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

20-MASHG‘ULOT


Mavzu: “Y” tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad: Y” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
Vazifalar:

  • Y” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • Y” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Y” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “Y” tovushi bilan tanishamiz.
YO’lbars so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: YO’lbars men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: Y-y-y-o`l-bars, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: YO’-o`-o`-o`-l-bars 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: YO’l-l-l-bars 3- to‘rtburchak chiziladi: — YO’lbars so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“Y” tovushi) Bugun siz y tovushi bilan tanishasiz. “Y” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Y” tovushini talaffuz etganda: lablar tishlarga yaqinlashgan bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan bo‘ladi,til uchi pastki kurak tishlarining orqasida turadi: tilning yon qirralari kurak tishlariga ichki tomondan siqilgan bo‘ladi, til kuragining o‘rta qismi qattiq tanglayga ko‘tariladi va ikkalasining orasida tirqish hosil bo‘lib, o‘pkadan chiqayotgan havo shu tirqishdan o‘tadi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi.CHiqayotgan havo og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.
Y” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q)
Y” undosh tovush. Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
Y” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. Y tovushining so‘z boshida (YO’l-bars, yo’l), o‘rtasida ( may-na, may-don, may -mun), oxirida (mau) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “Y” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə