O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə21/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashq
Poezd
Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar: birinchi guruh bolalari poezdning vagonchalari bo‘lishadi, ikkinchi guruh bolalari – ishchilar. Tarbiyachining poezd yurib ketdi deyishi bilan bolalar qo‘llarini tirsakdan bukib, aylanma harakat qilib, bir- birlarining ketlarida “t”-“t”-“t”, deb yuradilar. Bolalar “t”-“t”-“t” deyish bilan poezd va vogonchalar g‘ildiraklarining taqillashini aks ettiradilar. Ma’lum bir joyga – “bekatga” borib poezd to‘xtaydi. Ishchilar vagonchalarni tekshirib chiqadilar. Ular qo‘llaridagi kichkina bolg‘acha bilan vagoncha bo‘lgan bolalarning oyoq kiyimlariga urib taqillatib ko‘radilar. Taqillatish vaqtida (ishchi bo‘lgan bolalar) “taq-taq”... deb aytadilar. Vagonlarni tekshirib bo‘lgach, tarbiyachi poezdning yurib ketishi uchun signal beradi. Bolalar rollarni almashtirib , yo‘lda davom etadilar.
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “T” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “T” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “T” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “T” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi





Rasmlarni tekis shtrixlaydio‘yin-mashqi. Baliq, choynak, kapalak, o‘rdak, quyon, ayiq rasmlarining ichki qismini namuna tarzda tekis shtrixlashga o‘rgatiladi.



Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “T” tovushi so‘zning o‘rtasida kelgan so‘zlarni ayting.
- “T” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə