O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə19/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashq
“Buzoqlarni boq”
Tarbiyachi: bolalar hammamiz o‘rnimizdan turamiz. Sizlar buzoqlar bo‘lasiz. Guruh xonasining bu burchagi “o‘tloq”, mana bu burchagi “molxona” bo‘ladi. Siz xona bo‘ylab “o‘tloqda” yurasiz. O‘tloqdan molxonaga kelganda : Muu.. deb ma’raysizlar.O‘yin shu tariqa davom etadi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar o‘rnimizdan turib, ikkitadan bo‘lib turib, qo‘l ushlashib olamiz va “M” harfini hosil qilamiz. Bolalar men sizga “M” harfi haqida quvnoq she’r aytaman, diqqat bilan eshiting.
Ikki do‘st qo‘l ushlashib
Do‘stlik sulhi tuzildi,
Ularning o‘rtasida
M” harfi poydo bo‘ldi.


Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “M” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “M” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “M” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “M” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi



Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlar chizamiz” o‘yini
O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga siniq, to‘lqinsimon chiziqlarni chizdiradi. Chizishda ularning orasidagi masofani bir xil saqlashga o‘rgatadi.



Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “M” tovushi so‘zning boshida kelgan so‘zlarni ayting.
- “M” tovushi so‘zning o‘rtasida kelgan so‘zlarni ayting.
- “M” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə