O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə16/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

(“o”, “a”, “I”....)
- Undosh tovushlar qanday aytiladi?
(Undoshlar to‘siqqa uchraydi, qisqa aytiladi)
- Undosh tovushlarga misol keltiring.
(“n”,... tovushlari.)
-Tovushlarni nima qilamiz?
(Tovushlarni talaffuz etamiz va eshitamiz)

Tarbiyachi bolalarni “I” tovushi bilan tanishtiradi. Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo‘yiladi (qo‘y, echki, sigir, buzoq, it) va quyidagicha suhbat orqali it so‘zi ajratib olinadi.


— Uy hayvonlari nomini ayting.
( qo‘y, echki, sigir, ot, it)
Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi?
CHunki ularni uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi.

SHu hayvonlarning qaysi biri nomida “I” tovushi bor?


Aytib ko‘rib aniqlang-chi? (tarbiyachi o‘zi aytib yordam
beradi: “I” - It.)
It so‘zida “I” tovushi bor.
— “I” tovushini talaffuz qilib, uning qanday tovush ekanini aniqlang.
I” - “I” -“I”“I” unli tovush ekan.
- Qaerdan bildingiz?
(“I” tovushi to‘siqqa uchramayapti, cho‘ziq aytilyapti)
I” tovushini talaffuz etishda: lablar jilmaygan holatdagidek, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, oldingi tishlar orasi ochiq, tilning keng uchi pastki tish qirralariga, tilning yon qirralari esa yuqorigi katta tishlarga tegib turgan, til kuragi qattiq tanglayga ko‘tarilgan, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan burun yo‘llarini yopib turgan, havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadigan holatda bo‘ladi, tovush boylamlari esa birikkan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil qiladi.
To‘g‘ri: “I” tovushi cho‘ziq aytilyapti, unli tovush. It
so‘zida “I” tovushi so‘zning boshida kelyapti, “I” tovushi so‘z o‘rtasida
ham, oxirida ham keladi. Masalan: kitob, lovlagi.





Tetiklashtiruvchi mashq
«Otlar» o‘yini
O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh bolalari ot haydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa "otlarga" bo‘linadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar
Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardek “iii” deb yuguradilar. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan haydovchilar otlarni «drrr» deb to‘xtatadilar. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə