O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə12/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

7-MASHG‘ULOT


Mavzu: “N” tovushini talaffuz qilish
Maqsad:

  • N” tovushi bilan tanishtirish.

Vazifalar:

  • N” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish.

  • N” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

Kutilayotgan natijalar:

  • N” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • N” tovushi bor suratlar

  • “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing» ta’limiy o‘yin uchun materiallar

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi xattaxtaga non yopish bilan bog‘liq ko‘rinishlar ifodalangan rasm ilib qo‘yadi.
Rasm yuzasidan suhbat o‘tkazadi va savollar beradi:

    • Rasmda kimlarni ko‘ryapsiz?

    • Ona nima qilyapti?

    • YAna qanday non deyish mumkin?

(issiq non, mazali non, yumshoq non, sedanali non, jizzali non, yog‘li non)

    • Non kim uchun aziz?

    • Kim rasm bo‘yicha hikoya tuzadi?

Tarbiyachi savol-javobdan so‘ng tahlil uchun oxirgi gap tanlaydi: Non inson uchun aziz.
Tanlangan gapni tarbiyachi qayta aytadi va birinchi so‘zni aniqlashni bolalarga buyuradi. Ular non so‘zini topadilar.
Non so‘zi tahlil qilinadi. Tahlil quyidagi savollar asosida amalga oshiriladi.
- Non so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Non. men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: N-n-n-on Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: No-o-o-n, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: No-n-n-n. 3- to‘rtburchak chiziladi: — Non so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanimagan qaysi tovush bor? (“N” tovushi) Bugun siz “N” tovushi bilan tanishasiz.
-Kelinglar hammamiz birgalikda “N” tovushini talaffuz qilamiz.
-Juda yaxshi
- “N” tovushini talaffuz etganda quyidagilar sodir bo‘ladi:
Lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, oldingi tishlar ko‘rinib turadi, yuqorigi va pastki tishlar bir-biriga yaqinlashadi-yu, lekin birikkan bo‘lmaydi, “N” tovushini a,o, i, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda, tilning oldingi kurak qismi yuqori tishlarga yoki alveolaga tiralgan bo‘ladi, “N” tovushini ya,e,yu, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan va pastki kurak tishlarga tiralgan bo‘ladi, yumshoq tanglay pastga tushadi, pirovardida o‘pkadan chiqayotgan havo burun yo‘llaridan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘lanib tebranadi, natijada tovush hosil bo‘ladi.
Demak, “N” tovushini talaffuz etganda havo og‘izga kelgach, til yuqori tishlarga tegadi va n tovushi hosil bo‘ladi. Ana shu til va tish tegib turgan joy to‘siq bo‘ladi. SHuning uchun to‘siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, “N” tovushini aytganimizda ovoz bilan shovqin ham eshitiladi.
N” undosh tovush. Undosh tovushni biz ko‘k rangda belgilaymiz(ko‘k kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) Kubiklarda esa (tarbiyachi kubikni ko‘rsatadi)undosh tovushni kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi.

N” tovushi so‘z boshida (non, novvoy, no’xat, narvon), o‘rtasida (igna, oyna, ona), oxirida (o’yin, o’tin, ayvon) keladi.



Hozir biz shu so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytamiz.


-Endi bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratamiz.
-endi “N” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlaymiz.
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?
( to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri gapirish uchun o‘rganamiz.)
Tarbiyachi “Kim “N” tovushi bor so‘zlarni ko‘p topadi?” o‘yinini o‘ynashni taklif etadi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə