O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə11/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Quvnoq daqiqa

Tarbiyachi so‘zlari

Barmoq harakatlari

YOmg‘ir, yomg‘ir, yomg‘irjon
YOg‘- yog‘- yog‘;
Ola govmish sigirni
Sog‘-sog‘-sog‘
Dehqon buvam dimog‘i
CHog‘-chog‘-chog‘
Bo‘lar bug‘doy xirmoni
Tog‘-tog‘-tog‘

-barmoqlar orasini ochib, qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi va “qo‘ng‘iroqcha” dek silkitiladi.
- shu holatda asta-sekin pastga tushiriladi;
-bosh barmoqlar yuqoriga qaratilib, qolgan barmoqlar musht qilinadi;
-tizzalar bukilib o‘tiriladi,
sekin- asta turiladi.



Amaliy ish.
Tarbiyachi O unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (Ol-ma,ol-cha, pax-ta, ol-ma-xon, bay-ram, oy-mo-mo,tarvuz, o-lov, bol-ta, to-vuq) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda O unli ishtirok etgan bo‘lsa O harfli kartochkani baland ko‘taradilar.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar vazifalarni mustaqil bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. O tovushi so‘zning boshida kelgan rasmlarni chiziq bilan birlashtiring.
3. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling. O tovushi o‘rnini qizil rangga bo‘yang.
4.So‘zlarni qarsak chalib bo‘g‘inlarga bo‘ling va nechta bo‘g‘in borligini aniqlang. Bo‘g‘inlar sonini aylana ichiga yozing.
YAkuniy qism. 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-O tovushi so‘zning qayerida keldi?
- So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə