O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə13/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashq.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tez aytishni mashq qildirish.
Ninachi hoy ninachi,
Nog‘araga o‘ynachi
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
Bolalar javobi tarbiyachi tomonidan yakunlanadi. Bugun siz bilan “N” undosh tovushi bilan tanishdik. “N” undosh tovushi bo‘lgani uchun og‘izda to‘siqqa uchraydi, shuning uchun uni cho‘zib aytish mumkin emas. “N” undosh tovushiga unli tovush qo‘shib o‘qilsa, bo‘g‘in hosil bo‘ladi.
8-MASHG‘ULOT
Mavzu: Aa tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:tarbiyalanuvchilar –
- unli tovushlar guruhiga kiruvchi Aa tovushi bilan tanishadilar;
- do‘stona bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, “Savodxonlikka o‘rgatish” to‘plami, kitob maketi, sanoq cho‘plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar.
Mashg‘ulot metodi: “Tabassum hadyasi”muzyorar mashqi, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, tushuntirish.
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 3-5 daqiqa

“Tabassum hadyasi” muzyorar mashqi
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarga qo‘llarini ushlab doira bo‘lib turishlari va bir-birlariga tabassum qilishlarini so‘raydi. Mashq bolalarning yonidagi o‘rtoqlariga qarab tabassum hadya etishlari bilan davom ettiriladi. Mashqdan so‘ng bolalar o‘z joylarini egallaydilar.
2. Asosiy qism. 20 daqiqa
Tarbiyachi bolalarga “Sehrli xaltacha” o‘yinini taklif etadi.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, hozir biz “Sehrli xaltacha” o‘yinini o‘ynaymiz. Siz xaltachadan olgan narsalarning nomi, qanday tovush bilan boshlanishi, shu narsalarning xususiyatlari, to‘g‘risida gapirib berishingiz kerak. Sizlarning aytgan gapingizdan qanday mavzuni o‘rganishimiz ma’lum bo‘ladi.
Bolalar birma- bir olgan narsalariga ta’rif beradilar.
1- bola: (uning qo‘lida anor) Bu anor. Anor so‘zi “A” tovushidan boshlanadi. To‘g‘ri bolalar Anor so‘zi “A” tovushidan boshlanadi. Anor so‘zi 4 ta harf-tovushdan iborat.Diqqat bilan eshiting. (A.N.O.R.). Anor so‘zi bo‘g‘inga bo‘linganda 2 qismli bo‘ladi: A-nor. Birinchi bo‘g‘inda 1ta tovush-harf, ikkinchi bo‘g‘inda 3ta tovush-harf.

Anor daraxti bog‘larda, hovlilarda o‘sadi. Po‘sti taxir. Donasi shirin yoki nordon bo‘ladi. Donagi qip- qizil rangli bo‘ladi.
2- bola: (uning qo‘lida asal) Bu asal. Asal so‘zi “A” tovushidan boshlanadi. To‘g‘ri bolalar Asal so‘zi “A” tovushidan boshlanadi. Asal so‘zi 4 ta harf-tovushdan iborat. Diqqat bilan eshiting. (A.S.A.L..). Asal so‘zi bo‘g‘inga bo‘linganda 2 qismli. A-sal.

Birinchi bo‘g‘inda 1ta tovush-harf, ikkinchi bo‘g‘inda 3ta tovush-harf. Asalning ta’mi shirin. SHakli suyuq yoki quyuq bo‘ladi. Rangi sariq. Do‘kon va bozorlarda sotiladi.Asalari gul shirasini to‘plab bizga mana shu shirin asalni sovg‘a qilgan.
SHu tariqa bolalar so‘zlarga ham ta’rif beriladi.






Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə