O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim


o‘quvchi1arni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘na1ishida



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/30
tarix27.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#162357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
SINF RAHBAR DAFTARI

o‘quvchi1arni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘na1ishida:


o‘quvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fıdoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash; o‘quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga
yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma’rifat maskanlari bilan ulami tanishtirib borish;
sinfda o‘quvchilami milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
o‘quvchilami mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda o‘z o‘mini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish;
o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;
  1. ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo‘na1ishida:


barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o‘tkazib borish; o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam
ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash; o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;
o‘quvchilar kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va taNil qilish, o‘quv qurollarining mavjudligi va to‘g‘ri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish;
o‘quvchilarning turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ‘ibot ishlarini olib borish;
ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish, o‘tkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota- onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish, natijalari bo‘yicha direktor huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumot kiritib borish;
o‘quvchilarni ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə