O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim


v) o‘quvchi1arning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘na1ishida



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/30
tarix27.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#162357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
SINF RAHBAR DAFTARI

v) o‘quvchi1arning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘na1ishida:


o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish;
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ulami madaniyat maskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikda jalb etish;
o‘quvchilami yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish;
turli (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) ma’naviy- ma’rifıy tadbirlarda sinf o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash;

g) o‘quvchi1arning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘na1ishida:


sinf jamoasi bilan birgalikda sinf sardorlarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;
o‘quvchilarni tabiatga muhabbat, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va asrab-avaylashga hamda tozalikka o‘rgatish, ekologik savodxonligini oshirish, ularda mehnatsevarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sinf jamoasi bilan kelishgan holda “Sinf xonasi navbatchilari” reja-grafıgini tuzib olish;
sinf o‘quvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, ularni ahil jamoaga
jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish va uning bajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;
o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;

  1. Yüklə 0,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə