O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovaciyalar


VI. Kurs ishini tayyorlash bo’yicha kursatma va tavsiyalar



Yüklə 116,16 Kb.
səhifə9/17
tarix29.11.2023
ölçüsü116,16 Kb.
#139925
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
VI. Kurs ishini tayyorlash bo’yicha kursatma va tavsiyalar.
«Oila pedagogikasi va psixologiyasi» fani bo’yicha bajariladigan kurs ishi talabalarda tanlagan mavzusi bo’yicha adabiyotlarni, ya'ni darsliklar, o’quv qo'llanmalar, ilmiy maqolalarni izlab topish va ular bilan ishlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon talabaning ilmiy metodik tayyorgarligini oshiradi va mustaqil ijodiy ishlash faoliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko'nikmalar xosil qilish tayyorgarligini oshiradi va mustaqil ijodiy ishlari faoliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy kunikmalar hosil qilish, hamda bevosita pedagogik jarayonda uni qo’llay olishdan iborat.
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish ya'ni, umumumiy o’rta ta'lim maktablarida pedagogik jarayonga bog‘liq holda ishlab chiqiladi va har bir talabaga aloxida shaxsiy topshiriq beriladi
Shuning uchun ham o’qituvchi kurs ishini taqsimlash va tushuntirish uchun o’quv rejasida ajratilgan 4 soat ichida kurs ishining mohiyati, tadqiqot olib borish usullari va adabiyotlar bilan ishlash, ya'ni ularda masalaning qo’yilishi, nima ish qilinganligi, ularning mavjud ishlardan farqi, taklif yoki tavsiya qilinayotgan usullarni ajrata olish xaqida batafsil tushuntirish nazarda tutiladi.
Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan kichik ilmiy tadqiqot ishi xisoblanadi, shuning uchun ham mavzuning dolzarbligi va bajarilgan ishning sifatiga qarab talabalarning ilmiy anjumanlariga tavsiya etilishi yoki bo’lg’usi diplom ishiga asos qilib olishiga maslahat qilinishi mumkin.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o’quv yilining boshida shu o’quv yili uchun tasdiqdanadi. Talaba o’zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so’ng, bu mavzu bo’yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so’ng kafedra unga ilmiy raxbar tayinlaydi. Talaba kurs ishini o’z ilmiy raxbarining bevosita raxbarligida bajaradi.

Yüklə 116,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə