O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment(mmb) guruh talabasi Otajonova Sabinaning


II-BOB. TURISTIK KORXONALARGA LITSENZIYA OLISH UCHUN DAVLAT TOMONIDAN O’RNATILGAN TALABLAR



Yüklə 66,66 Kb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü66,66 Kb.
#150486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org

II-BOB. TURISTIK KORXONALARGA LITSENZIYA OLISH UCHUN DAVLAT TOMONIDAN O’RNATILGAN TALABLAR
2.1. Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish huquqlari
O’zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi hamda bu jarayonni o’tkazish mexanizmi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonun bilan belgilangan. Turizm biznesini tashkil etish uchun rasmiyatchilikni o’ziga xos xususiyatlarini bilish zarur, jumladan, litsenziyalash sohasini va boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi quyidagi me’yoriy hujjatlar: «Turizm to’g’risida«gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189son Qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risida»gi Farmonda turizm sohasida litsenziya berish, sertifikatlashtirish hamda boshqa ruxsatnomalar berish tartibtaomillarini takomillashtirishga qaratilgan davlat tomonidan boshqariladigan bir qator prinsipial yangi mexanizmlar belgilab qo’yildi. Jumladan, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab turizm faoliyatiga litsenziya berish vazifasi Vazirlar Mahkamasidan yangi tashkil qilingan davlat qo’mitasiga o’tkazildi, bunda mehmonxonalar va odamlar yashaydigan boshqa joylarning litsenziya olishlari to’g’risidagi talab bekor qilindi.
2017-yil 1-yanvardan boshlab: faqat turizm faoliyatini tashkillashtirishni ta’minlaydigan turizm korxonalari – turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi yuzasidan litsenziyalanadilar.
O’zbekistonda turizm faoliyatini litsenziyalash yuqoridagi hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi litsenziyalovchi organ sifatida litsenziyani quyidagi uch yo’nalish bo’yicha shug’ullangan soha egalariga beradi:
ichki turizm – O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi hududida turizm
faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun; chiqish turizmi – O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun; kirish turizmi – O’zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun.
Turizm faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya olish talablari va shartlari hisoblanadi:
a) turizm to’g’risidagi qonun hujjatlariga, turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va O’zbekiston Respublikasi standartlariga majburiy rioya qilish;
b) yuridik shaxs shtatida «turizm» yo’nalishidagi oliy ta’lim yoxud o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi diplomiga yoki Qo’mita tomonidan belgilangan tartibda 3 yil muddatga beriladigan amaldagi malaka sertifikatiga ega bo’lgan kamida bir nafar mutaxassis bo’lishi;
d) yuridik shaxs xodimlari (gidlar – ekskursiya yetakchilari) va yo’riqchi – yo’l boshlovchilar) 3 yilda kamida bir marta Qo’mita belgilagan tartibda malaka sertifikati olishi;
e) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq turizm faoliyatini amalga oshirish uchun o’z mulki bo’lgan yoki ijaraga olingan binolar mavjud bo’lishi;
f) turizm faoliyatini amalga oshirish uchun yo’nalishiga ko’ra:
«ichki turizm» – yuridik shaxsning tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun qonunchilikda belgilangan miqdorga teng;
«chiqish va kirish turizmi» – eng kam oylik ish haqining kamida
400 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg’armasiga ega bo’lishi;
g) turizm xizmatlarining muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog’lig’i va molmulki uchun xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tizimning mavjudligi;
h) mijoz bilan faqat O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq shartnoma, shu jumladan, elektron tarzda (onlayn) tuzilgandan keyin turizm xizmatlari ko’rsatish;
i) chet davlatga chiqish, kelish va u yerda bo’lishning o’ziga xos xususiyatlari, turistik sayohat vaqtida o’zini tutish xususiyatlari hamda har bir muayyan mamlakatda bo’lishning boshqa qoidalari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlarni har bir turistga belgilangan tartibda yetkazish;
j) mijozga litsenziatning (litsenziya talabgori) ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo’nalishlari uchun mas’ul bo’lgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi to’g’risida to’liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko’rsatilgan ma’lumotlarni o’zining xalqaro internet tarmog’idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish.
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya talabgorining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomadagi turizm xizmatlarini ko’rsatish uchun amaldagi muvofiqlik sertifikati va turizm faoliyatini amalga oshirish uchun binoga huquqni beruvchi hujjatlardagi ma’lumotlarning mavjudligi, litsenziya talabgorining joylashgan joyi (pochta manzili), aloqa telefonlari, faks raqamlari, elektron manzili va bank rekvizitlari, shuningdek, ushbu Nizomning litsenziya olish talablari va shartlarida nazarda tutilgan, talab etilayotgan turizm faoliyatining yo’nalishi ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risidagi ariza;
b) ushbu Nizomning 8-bandi «b», «g-e» kichik bandlariga
muvofiq hujjatlar nusxalari;
d) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilishi uchun Litsenziya talabgori tomonidan yig’im to’langanligini tasdiqlovchi to’lov hujjatining nusxasi;
e) familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan yili, pasportiga oid ma’lumotlar, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari raqamlari ko’rsatilgan rahbar to’g’risidagi ma’lumotlar.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya yetilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya yetilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
- turizm faoliyati subyektlaridan turizm to’g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini talab qilish;
- litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya yetilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
- litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning – O’zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’tkazish;
- litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish vaqtida paydo bo’ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so’rash va olish;
- tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
- litsenziatga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf yetish muddatlarini belgilash;
- qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyalarning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish yoki ularni bekor qilish bo’yicha qaror qabul qilish yoki sudga murojaat etish;
- litsenziyasiz turizm faoliyati amalga oshirilayotganligi to’g’risida aniqlangan faktlar haqidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga yuborish.
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasida qoladi.
“Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq turizm faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI






Yüklə 66,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə