O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment(mmb) guruh talabasi Otajonova Sabinaning



Yüklə 66,66 Kb.
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü66,66 Kb.
#150486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org

Litsenziyalovchi organ

Litsenziya talabgori tomonidan Nizomning 33-bandiga muvo-


fiq, davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda va litsenziya bitimi imzolanganda tegishli blankada litsenziyani rasmiylashtiradi va uni litsenziatga beradi.

2 ish kuni mobaynida




2.2. Turizmda sertifikatlashtirishning turlari. Turizmda standartlashtirish jarayonining mohiyati
Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini taminlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqatgina chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonda 2.5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2018-yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sog’lig’i xavfsizligini ta’minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etiladi.


O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi zimmasiga quyidagi funksiyalar: O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organi ―O’zstandart agentligi bilan mustahkam o’zaro hamkorlikda turizm faoliyati subyektlari tomonidan ko’rsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan, turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash; sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablar va standartlarga muvofiqligi bo’yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish yuklatildi.
Bunda O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida akkreditatsiya qilingan turizm xizmatlarini sertifikatlash bo’yicha organlar ham turizm xizmatlarining ayrim turlarini sertifikatlash subyektlari hisoblanadi. Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash majburiy hisoblanadi. Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
- inson hayoti, atrof-muhit uchun xavfli bo’lgan mahsulotlarni, huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
- jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash;
- iste’molchini insofsiz xizmat ko’rsatuvchidan va ishlab chiqaruvchidan himoya qilish;
- mahsulotni yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) manzilini tasdiqlash;
- ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlar va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to’g’risida»gi qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Uning obyektlari bo’lib, mahsulotlar, xizmatlar hamda sifat tizimlari hisoblanadi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashni ikki turi qo’llaniladi – majburiy va ixtiyoriy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash qo’yidagi holatlarda qo’llaniladi, uchinchi shaxslar yoki qo’shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun qo’shimcha sertifikatni talab etgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Majburiy sertifikatlashga turizm xizmatlarini taqdim etish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud bo’lgan turizm faoliyati subyektlari tomonidan ko’rsatiladigan turizm xizmatlari tortiladi.
Sertifikatlashni amalga oshirishda ko’rsatiladigan xizmatlar tavsifi tekshirib ko’riladi hamda quyidagilarga imkon beruvchi tekshirish usullaridan foydalaniladi:
• xizmatlarni identifikatsiyalash (tenglashtirish, aynan o’xshatish) ni o’tkazish, jumladan, klassifikatsiya guruhlanishiga (OKUN) tegishli ekanini tekshirish;
• sertifikatlanadigan turizm xizmatlarini me’yoriy hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga mosligini tasdiqlash.
Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida ko’rsatilgan «tartib» ko’rsatilgan xizmatlarni sertifikatlash bo’yicha ular tomonidan akkreditlangan organlarga hamda turizm faoliyati subyektlariga, O’zdavstandartga joriy qilinadi.
Standart vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan normalar majmuasini, mahsulot va xizmatlarga bo’lgan qoida va talablarni belgilovchi normativ texnik hujjat bo’lib hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, standartlar nafaqat moddiy obyekt (tovarlar, mahsulotlar, xizmatlar, buyum namunalar), balki normalar, qoidalar, tashkiliy-metodik va umumtexnik xarakterdagi obyektlar uchun ham ishlab chiqiladi.
O’zbekistonda turistik xizmatlarni loyihalashtirishda turistikekskursion xizmat ko’rsatish sohasida standartlashtirish obyektlari, standartlar majmuasining tuzilmasi va boshqa standartlarshtirish bo’yicha hujjatlarning maqsadi va vazifasini belgilovchi standartlar mavjud. Menejerlar turistik xizmatlar uchun ishlab chiqiluvchi loyiha materiallari, korxona va turistik xizmat ko’rsatish obyektlari (mehmonxonalar, turbaza, marshrutlar va boshqalar) davlat ekologik ekspertizasidan o’tishi shart. Xizmatlar esa amaldagi qonunlar va normativ hujjatlardagi talablarga mos kelishi kerak. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish turistik korxonalar tomonidan amalga oshirilishi yoki boshqa tashkilot tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bu holda manfaatli bo’lgan korxona yoki tashkilot tashabbusi bilan shartnoma tuziladi.
2.2.1-jadval
Standartlashtirish bo’yicha vakolatli organlar va O’zbekistondagi standartlar toifasi







Yüklə 66,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə