O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 221-Menejment(mmb) guruh talabasi Otajonova Sabinaning



Yüklə 66,66 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü66,66 Kb.
#150486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org

Kurs ishining maqsadi - Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir.Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqat chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlash va standartlashtirish haqida o’rganishdan iboratdir.


Kurs ishining vazifalari:
1) Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlash va standartlashtirish haqida o’rganish va tahlil qilish;
2) Turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlash va standartlashtirish yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini umumlashtirish;
3) yig’ilgan ma’lumotlarni xulosalash.


I-BOB: TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va ularning mazmuni
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining zaruriy sharti - unda litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini litsenziyalash turizmni tartibga solishning muhim bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda turizmni litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan tajriba to‘plangan.

1994-yilda O‘zbekiston Respublikasida turizm birinchi marotaba litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan edi. Shu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarori bilan litsenziyalanishi lozim bo‘lgan ba’zi bir faoliyat turlari joriy etildi (shu jumladan, turizm sohasida ham) va litsenziyalarni berilishini rasmiylashtirishga doir umumiy nizom ham tasdiqlandi.


Litsenziyalash usullarini sinovdan o‘tkazib borish, qonunchilik bazasini o‘zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni vujudga kelishi bilan 1998-yili “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya berish qoidasi” yangi tahriri kuchga kiritildi.1
Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qa’tiy nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va turizm sohasiga amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona, birlashma va tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilab beradi.
Yangi bosqichdan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishtirokchilarga talab kuchaytirildi. Shuningdek litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini) ko‘zda tutuvchi holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Litsenziya berilganligi uchun respublikadagi eng kam ish haqqining 25 barobari miqdorida litsenziya yig‘imi to‘lanadi. Litsenziya yig‘imi to‘lovidan kelib tushadigan mablag‘lar “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi huzuridagi turizmni rivojlantirish markazlashtirilgan fondiga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga solish darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning turizm amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda litsenziya yig‘imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan ma’lumotga ega bo‘lishga doir talablarda farqlanish mavjud.
Ushbu faoliyat turlarining belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni litsenziyalashga ham turlicha uslubiy yondashuv amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil topishi va rivojlanishining dastlabki bosqichida ko‘pchilik kishilar bir vaqtning o‘zida turoperator va turagent faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshlashi albatta maqsadga muvofiq emas edi.
Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat sohasidagi tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butun Jahon Turistik Tashkilotining “Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash andozalari”ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini alohida ko‘rsatgan holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.
Bir qator mamlakatlarda (masalan, Angliya, Germaniya) “litsenziyalash” atamasi qonunchilikda mavjud emas. Turistik firmalarga ularning mijozlar oldidagi moliyaviy fan boshqa masalalar, rahbarlar va xodimlarni kasbiy tayyorlash, turistik firmalar hamda turistlarning o‘zini sug‘urtalash yuzasidan javobgarligi bo‘yicha qo‘yilayotgan davlat talablari odatda juda qa’tiy bo‘ladi.
Ushbu mamlakatlarda, asosiy e‘tibor “turistik firma uchburchagi” yo‘nalishni tartibga solishga qaratiladi va iste’molchi-turistlarning huquqlarini eng yuqori darajada himoyalash va turistik firmalarning turistik mahsuloti va boshqa xizmatlar sifatini muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltiriladi.
Masalan, Germaniyada Adliya Vazirligi tomonidan, turistlar uchun “Sizning huquqlaringiz sizlar bilan birgalikda sayohat qiladi” va “Turistlar huquqlarining to‘liq ro‘yxati” shaklidagi eslatmalar tasdiqlangan. Sifatsiz turistik mahsulot iste’mol qilinganda yoki alohida xizmatlar qoniqarsiz bajarilgan holatlarda, norozi turistga tur qiymatining ancha qismi tovon tarzida to‘lanadi.
Fikrimizga ko‘ra, turizmni tartibga solishning xuddi shu shakllari, turistik mahsuloti umumiy sifatini oshirish va turistlar huquq va manfaatlarini himoyalash, shuningdek, turizm sohasini umuman tartibga solishning eng samarali vositalaridan biridir.
Turistik mahsulot sifatini oshirish maqsadida mazkur qoidalarning joriy etilishi, turizm bozorini muayyan darajada rivojlantirishni, mukammal qonunchilik, birinchi navbatda ushbu sohada me’yorga keltirilgan andozalar va turistlarga xizmat ko‘rsatishga doir boshqa aniq belgilab qo‘yilgan qoidalar mavjud bo‘lishini talab etadi.2
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda, nafaqat iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, shu bilan birga jamiyatning o‘zi ham o‘zgarishlar jarayonini boshidan kechirayapti. Ushbu shartsharoitda 1999 yil 2Oavgustda “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning ishlab chiqilganligi alohida ahamiyatga egadir. Unga ko‘ra mazkur qonunning 8- moddasida turistik faoliyatni litsenziyalash turistik faoliyat litsenziya asosida amalga oshiriladi deyilgan. Turistik faoliyatni litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi deb yozilgan.3
Butunjahon turistik tashkilotida bu borada dunyoning turli xil mamlakatlarida turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga doir juda boy axborot to‘plangan. Iste’molchini turizm mahsuloti sifatini belgilovchi tartib va qoidalarning muayyan majmuini qo‘llash orqali himoya qilish mumkin.
“Bu esa, muayyan natijalarga erishish yo‘llarini belgilash bilan cheklanib qolmay, ayni paytda ularga erishish majburiyatini ham zimmaga yuklaydi. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, kelajakda O‘z bekiston turistik mahsulotining sifati ko‘p hollarda Xususiy Turistik Tashkilotlar uyushmasi faol va tashkiliy jihatdan uyushgan faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin.
Shimoliy Yevropaning aksariyat davlatlari uchun xususiyatli bo‘lgan ushbu fikrimiz isbot bo‘lishi mumkin. Ushbu davlatlarda turizm faoliyati bilan erkin shug‘ullanish amaliyoti mavjud. Jumladan, ularda turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar va turagentlar faoliyat ko‘rsatuvchi tizim shakllangan.
Ammo o‘tish davri bilan bog‘liq murakkablik va avvalombor, turizm bozori yetarlicha rivojlanmaganligi hisobga olgan holda hozircha, turizmni tartibga solish va turistik mahsulot sifatini oshirishning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan litsenziyalash tartibini respublikamizda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, litsenziya berish shartlarini qiyinlashtirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Ayni paytda, turistik firmalarning turistik mahsulot sifati uchun javobgarligini kuchaytirish yuqori samara berishi mumkin.4

Yüklə 66,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə