O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа»



Yüklə 365,73 Kb.
səhifə21/29
tarix23.12.2023
ölçüsü365,73 Kb.
#155851
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Labaratoriya

Duplikatsiya. Xromosomalarda turli omillar ta'sirida ayrim qismlar ko'payib qolishi mumkin. Xromsomalar ichida ma'lum qismning aynan o'ziga o'xshash holda ko'payishi yoki ma'lum qismning takrorlanishi duplikatsiya deyiladi. Xromosomalarda genlar ABC tartibda joylashgan deb faraz qilsak, u holda birorta genning masalan B genining duplikatsiyasini quyidagicha ABBC ko'rsatish mumkin. Xromosomalarda ma'lum lokuslarning ko'payishi ikki marta emas, balki bir necha marta bo'lishi mumkin. Masalan, uch marta ko'paysa, ABBBC holati hosil bo'ladi. Ko'pchilik hollarda xromosomalarning ikki, uch va undan ko'proq genlar joylashgan qismlari ABC, ABC yoki ABC, ABC, ABC va hokazo tarzda ko'payib qolishi mumkin.



Xromosomaning DE geni (segmenti) ning duplikatsiyasi.

Duplikatsiyalar xromosomalar miqdorining genomdagi oshishi hisobiga ham vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida xromosomalar miqdori qaysi xromosoma hisobiga oshgan bo'lsa, shu birikish guruhida joylashgan genlar duplikatsiyalangan hisoblanadi.


Shuni ta'kidlash kerakki, barcha tipdagi mutatsiyalar fenotipik o'zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Inversiya. Ayrim xromosomalarda ma'lum qismlar ikki tomonidan uzilib, 1800 ga aylangan holda yana o'z - o'rniga qaytadan o'rnashib qolishi mumkin. Bunday mutatsiyalar inversiya deb ataladi. Inversiya natijasida xromosomalarda genotip o'zgarmasa ham, lekin ularda genlarning joylashish tartibi o'zgaradi. Masalan, ABCD tartibda joylashgan bo'lsa, inversiya natijasida ularning joylanish tartibi ACBD holatiga kelishi mumkin.

Parasentrik va perisentrik inversiya
Insersiyalar. Xromosomalar ichida ma'lum bir kichik qismining o'rin almashinishlari sodir bo'lishi mumkin. Bunday o'zgarishlarni insersiyalar deb atash qabul qilingan. Insersiya natijasida birorta gen bitta xromosoma ichida bir joydan boshqa joyga ko'chib o'tishi mumkin. Bunday holda shu genning xususiyati saqlanishi yoki o'zgarishi mumkin. Bu gen qanday genlar bilan birikish guruhida joylashishiga bog'liq bo'ladi. Insersiya tipidagi mutatsiyalar genlarning birikish guruhidagi joylashish tartibini o'zgartirish bilan birga gomologik xromosomalar o'rtasida ketadigan genlar rekombinatsiyasini pasaytirishi mumkin.

Yüklə 365,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə