O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti rektorining



Yüklə 32,87 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü32,87 Kb.
#158354
ingliz tilida dars beradiganla un ishchi guruh tuzish




O‘zbekiston Respublikasi
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Jizzax politexnika instituti REKTORINING
BuyruG‘I
Jizzax shahri ___ -son 2023 yil “____”_______
Nofilolog yo‘nalishlarida faoliyat yuritadigan
til bilish sertifikatiga ega professor- o‘qituvchilar
dars mashg‘ulotlarini chet tilida tashkil etganligi
uchun ularga ustama haq belgilash boʻyicha
ishchi guruh tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi 490-sonli qarori 3-ilova 4-bandi bilan tasdiqlangan “Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganligi va ushbu jarayonni muvofiqlashtirish” uchun ishchi guruh tashkil etish maqsadida


B U Y U R A M A N:
1.Jizzax politexnika institutida nofilolog yo‘nalishlardagi professor-o‘qituvchilarni chet tilida o‘quv fanini o‘qitish ishlarini tashkil etganligi uchun ustama haq belgilash bo‘yicha mas’ul prorektor rahbarligida ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tuzilsin.
2. Ishchi guruh tomonidan institut fakultet dekanlari bilan kelishilgan holda ushbu fakultetdagi nofilolog yo‘nalishlarda professor-o‘qituvchilarni dars jarayonlarini chet tilida tashkil etilganligi joriy yilning 20-sentabrgacha o‘rganilsin. Natijasi yuzasidan muassasa rahbariyatiga belgilangan tartibda ma'lumot kiritilsin va yakuniy qaror qabul qilinsin.
3.Tasdiqlangan roʻyxat asosida professor-oʻqituvchilarga belgilangan talablar asosida ustama haq to‘lansin.
4.Ushbu buyruq ijrosi 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab tadbiq etilsin.
5.Buyruq ijrosini ta’minlash Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor (J.Abdunazarov) zimmasiga yuklatilsin.
6.Buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Rektor A.Usmankulov
Jizzax politexnika institutining
2023 yil “____” _____________dagi
____ -sonli buyrug‘iga 1- ilova
Jizzax politexnika institutida nofilolog yo‘nalishlardagi
professor-o‘qituvchilarni chet tilida o‘quv fanini o‘qitganligi uchun ustama
haq belgilash boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI



1

J.Abdunazarov

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, ishchi guruh rahbari

2

G‘.Egamnazarov

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, ishchi guruh o‘rinbosari

3

U.Raxmatov

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, kotib

4

Sh.Musayev

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i

5

Sh.Qarshiboyev

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

6

O.Pardaev

Energetika va radioelektronika fakulteti dekani

7

M.Mirzabekov

Qurilish materiallari muhandisligi va Kimyoviy texnologiya fakulteti dekani

8

I.Abbazov

Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani

9

J.Hamidov

Servis fakulteti dekani

10

S.Djiyanbayev

Transport fakulteti dekani

11

A.Berdiqulov

Arxitektura fakulteti dekani

Loyihani taqdim etuvchi
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Abdunazarov


Kelishildi:
Moliya va iqtisod ishlari
bo‘yicha prorektor Sh.Alikabulov
Huquqshunos D.Ergasheva
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Raxmatov
Yüklə 32,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə