O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O'quv ishlari bo`yicha prorektor
______________ D. Xolmatov
“____”_____________ 2023 yil
|
ANSAMBL BILAN ISHLASH USLUBIYOTI
ISHCHI O‘QUV DASTURI
2023/2024 o`quv yili kunduzgi ta`lim shakli, 4-kurslari uchun
Bilim sohasi:
|
|
200000 – San’at va gumanitar fanlar
|
Ta’lim sohasi:
|
|
210000 –San’at
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
|
5150600-Vokal san’ati: (an’anaviy xonandalik) yo‘nalishlariga
|
|
|
|
NAMANGAN – 2023
Fan/modul kodi
AIUI0037
|
O‘quv yili
2023/2024
|
Semestr
7-8
|
ECTS-Kreditlar
7
|
Fan/modul turi
MAJBYRIY
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
7-semestr – 2 soat
8-semestr – 2 soat
|
Auditoriya soati
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Fanning nomi
|
Ma’ruza
|
Seminar
|
Amaliy
|
Labaratoria
|
Kurs ishi
|
Jami
|
Umumiy yuklama (soat)
|
Ansambl bilan ishlash uslubiyoti
|
20
|
50
|
20
|
|
|
90
|
120
|
210
|
I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ansambl bilan ishlash uslubiyoti fani ijrochilik jarayonida yuksak badiiy musiqiy asarlarni ijro etish bilan bog‘liq ijodiy vazifalarni yechish, ularni ijro etish ko‘nikmalari va milliy ijro bezaklarini ifoda vositalarini egallash, ijro etilayotgan asarlarning mazmuni, shakli va uslubini baholash, tinglash yoki ijro jarayonida asarlardagi kamchilik va yutuqlarni o‘rganish, tahlil qilishni o‘rganish mazkur fanni o‘zlashtirishda alohida talab qilinadi.
Mazkur ishchi o’quv datsuri: 5150600-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot tarzida bilimlarni egallaydilar. Bunda: talabalar o‘zbek milliy xonandachilikda ansambl bilan ishlash uslublarini chuqur o‘rganib, uning ustozona ijro yo‘llari, Shashmaqom, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqomlari, mumtoz kuy va asulalar, o‘zbek bastakorlari asarlari, o‘zbek xalq kuylari, ularning shaklan tuzilishi, usul sanog‘lari, kuy o‘lchovi, asar shakli va tuzilishi haqida chuqur bilim berishdan iborat, asarning metro-ritmik tuzilmasi, tovush kuchi, ijro sur’ati, zarblarni ifodalash, aksent, sinkopa, fermata, pauzalarga rioya qilish, unison ijro qilishni, jo‘rnavozlik qonun-qoidalarini, tanlangan asarga mos cholg‘ular va ovozlarga taqsimotini egallaydilar.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Ansambl bilan ishlash uslubiyoti fanining asosiy maqsadi – an’anaviy sozanda va xonanda bo‘lish uchun o‘qishga kirgan talabalarga ijrochilikning sir-u sinoatlari haqida belgilangan talablar darajasida mukammal bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
An’anaviy sozanda va xonanda talabalar o‘z ustozlari yordamida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, bular – VCD, CD, Audio va grammplastinka yozuvlari ko‘magida musiqiy misollarni tinglab, kompyuter nota dasturlari, Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona va Toshkent maqomlari, hamda mumtoz bastakorlar asarlari ijrosini yetuk san’atkorlar ijro uslublari bo‘yicha qo‘shimcha metodik maqolalarni o‘rganib, darslik va qo‘llanmalardan asarlar o‘rganish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari zarur.
Ansambl bilan ishlash uslubiyoti fanini o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlari zarur:
orttirilgan keng qamrovli ijrochilik sohasidagi tajribasini, sozandalik va xonandalik ansambllari bo‘yicha yuksak saviyadagi kasbiy asarlarni to‘laqonli ijrosiga erishishni;
jo‘rnavozlik va jo‘rovozlik qonun-qoidalarini;
zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishni;
axborotni yig‘ish, tizimlash, umumlashtirish va foydalanishni;
ixtisoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni;
musiqiy matnlarni tahlil etishni;
ijrochilikka taqriz berish amaliyotini, musiqiy tashkilot va uyushmalarning faoliyatidagi tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy jihatlarini, huquq va mehnatni ilmiy tashkil qilish asoslarini bilishi kerak;
maqom ijrochilari, musiqa rahbarlari, kontsert rejissyorlari, musiqiy chiqishlarni sahnalashtiruvchilar va teatr rassomlari bilan ishlash;
sozanda va xonanda ansambllarida mavjud ovoz hamda cholg‘ularining xususiyatlarini, yakkaxonlarning vokal imkoniyatlarini, shuningdek tinglovchilarning qabul qilish psixologiyasini inobatga olish;
mustaqil ijro qila olish;
ovozlarga taqsimlay olish;
ijrolariga sayqal berish; turli cholg‘ular uchun musiqiy asarlarni moslashtira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish;
musiqiy sinflarda dars bera olish;
o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlay olish va unda musiqiy-nazariy ta’limga ijodiy yondoshish ko‘nikmalarini shakllantira olish;
o‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy va ilmiy ishlarni tashkil etishning ilg‘or tajribalarini tahlil eta olish, umumlashtirish va keng yoyish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |