O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə31/32
tarix10.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#132862
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
СЭҚ маруза А.П

Y0=OE~a1*~a0 qolgan uchta tenglama ham yuqoridagiga o‘xshab aniqlanadi. Aniqlangan yi tenglamalar ikki marta inversiyalash aksiomasiga asosan VA-EMAS bazasiga o‘tkaziladi. Y0= ~~(OE*~a1*a0). Aniqlanganga 4.20-rasmdagi sxema mos keladi.
DSH ishini vaqt diagrammalari asosida (E) sxema uchun tushuntiramiz. ~OE=1 sxema uchun mavjud davrida rasmdagi VA-EMAS (0,3) bo‘ladi va a0 va a1 lar bog‘liq bo‘lmagan holda chiqish qiymatlari ~yj=1, yj=0, ular 4.19-rasmda aniq ko‘rsatilgan. t0, t1 va t2, t3 vaqt oralig‘ida chiqishlar «taqiqlan- gan», ya’ni yi to‘g‘ri chiqishlarida passiv sath «0», inversiya chiqish- larida esa passiv «1» ga teng. t1, t2 intervalda ~OE=0(OB=1) signali va uning yi qiymati faqat a1, a0 o‘zgaruvchilarga bog‘liq.
Agar kirishda A1, A0=10 kod bo‘lsa, unga o‘nlik ikki mos keladi.




va ikkinchi VA-EMAS element kirishlarida mantiqiy «1» y2 diagramma ko‘rinib turibdi. OE inventli ishlatilishi mumkin. Bu yerda OE=1 ga teng, qachonki ~OE1=~OE2=0 va OE3=1. Bunday sxema «3 va 8» 1533ND7 (555ND7) turdagi deshifra- torlarda qo‘llaniladi, ularning shartli belgilanishi 4.20 va 4.21- rasmlarda keltirilgan.
Deshifratorlar hisoblash texnikasida keng qo‘llanib kelinadi. Ular bir necha tashqi qurilmalarni tanlash, ma’lumotlarni ulash va mikroprotsessorlar orasida almashinishni tashkil qiladi. Bu uchun ham ai kirishlarga tashqi qurilmalar adresi beriladi, kirishlar esa adres kirishlari deyiladi.
Demultipleksor
Signalni informatsion kirishdan chiqishlarning biriga uzatuvchi, qabul qiluvchi chiqishlarning raqami esa adres kirishlarga

berilayotgan ikkilik kodning o‘nlik ekvivalentiga teng qurilmalar demultipleksor (DM) deb ataladi. DM sifatida deshifrator ishla- tilishi mumkin bo‘lib, uning OE signali o‘rniga X informatsion signal beriladi. Masalan, agar kirishlarga a1a0=10(BIN)=2(DEC) berilsa, u holda X signal U2 chiqishda paydo bo‘ladi. Qolgan chiqishlarda esa yi =0. 4.22-rasmda DM «1 da 4» DM va uning mexanik analogi keltirilgan.
Multipleksor
Multipleksor deb n informatsion kirishdagi signallardan birini yagona chiqishga uzatuvchi, uzatilayotgan kirishda adresning o‘nlik ekvivalent ikkilik adresi ni ga teng qurilmaga aytiladi. Agarda OE chiqishga ruxsat berish kirishi mavjud bo‘lsa, u holda kirishda «0» holat chiqishi passiv holatga o‘tqazadi. «4 dan 1» multipleksorni ko’rib chiqamiz, u 4 informatsion kirish va lod 4=2 adres kirishga egadir.

Uning umumiy mantiqiy tenglamasi quyidagi ko‘rinishga tengdir:
Y=OE(x0*~a1*~a0+x1*~a1*a0+...). (4.23)
Keltirilgan ifodaning o‘ng tomonidagilarga ikki marta inver­lash va o‘z-o‘ziga o‘tish aksiomalarni qo‘llab
Y=~(OE x0~a1*~a0+...+OE*x3*a1*a0) (4.24)

ni aniqlaymiz. (4.24) ifodaga mos sxema 4.22-a rasmda keltirilib, uning shartli belgisi va mexanik analogi 4.22-b rasmda ko‘r- satilgan.


Shifrator
Shifrator — bir turdagi ma’lumotlar oqimini ikkinchi tur- dagi ma’lumotlar oqimiga aylantirib beruvchi qurilmadir.
Shifratorlar, raqamli texnikada har xil signallarni boshqa turdagi signallar bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi.
Shifrator mavqesiz bo‘ladi, agarda faqat bitta haqiqiy signal uzatishga ruxsat etilsa, mavqelik bo‘lishi mumkin. Agarda birdaniga bir necha signallarning kirishiga ruxsat etilsa, mavqesiz SH o‘nlik raqamli haqiqiy kirish raqamini chiqishga uning ikkilik ekvivalentiga qayta ishlovchi qurilmaga aytiladi. Mavqesiz «4 dan 2» shifrator uchun hajmlar jadvali 4.23-rasmdagi ko‘rinishga ega.
Shifratorlarning qurilishi va shartli belgilanishi 4.24-rasmda keltirilgan.




Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə